» » Toshkentda Lacetti urib yuborgan YPX inspektori shifoxonada vafot etdi

Toshkentda Lacetti urib yuborgan YPX inspektori shifoxonada vafot etdi


Toshkentda 19 yoshli yigit Lacetti’da YPX inspektorini urib yuborgani va inspektor shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar IIBB xabar berishicha, 4-sentabr kuni inspektor vafot etgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 1-sentabr kuni soat 19:00 larda Mirobod tumanida yuz bergan. Shahrisabz ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori serjant Salim Umarov Grand Mir mehmonxonasi oldida 25 yoshli J.B. boshqaruvidagi Captiva’ni to‘xtatgan.

Inspektor Umarov haydovchining hujjatlarini tekshirib, yo‘lning chetiga qarab yura boshlaganda Lacetti’ni haydab ketayotgan 19 yoshli T.M. boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan Captiva bilan to‘qnashgan va inersiya bo‘yicha harakatni davom ettirib, YPX xodimini urib ketgan.

Qayd etilishicha, 4-sentabr kuni soat 07:00 da Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati brigadasi 2-batalyoni 3-mobil guruhi inspektori katta serjant Umarov Salim Usmonali o‘g‘li 2020-yilning 1-sentabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan YTH oqibatida olgan jarohatlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

“Toshkent shahar IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkibi fidokor xodimning o‘limi munosabati bilan marhumning yaqinlari va qarindoshlariga chuqur ta’ziya izhor etadi. Katta serjantning ortida uch nafar voyaga yetmagan farzandlari qoldi. Toshkent shahar IIBB xodimni unutmaydi, uning oilasiga doim yordam ko‘rsatiladi”, – deyiladi IIBB xabarida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют