» » O‘zbekistonlik Sherzod Husanov prof boksdagi 24-jangini o‘tkazadi. U hozir 40 yoshda

O‘zbekistonlik Sherzod Husanov prof boksdagi 24-jangini o‘tkazadi. U hozir 40 yoshda


O‘zbekistonlik professional bokschi, super o‘rta vazn toifasi vakili Sherzod Husanov (21-1-1, 9 KO) 26-sentabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Sherzod Polshada MB Promotions tomonidan tashkil etiladigan boks kechasida qatnashadi. Unga ushbu jangda mezbon Robert Parzechevski (25-1-0, 16 KO) raqiblik qiladi.

40 yoshni qarshilagan Sherzod Husanov so‘nggi jangini 2018-yil 21-sentabrida Damian Yonakka qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobida yutqazgandi. Bu uning professional ringdai ilk va hozircha so‘nggi mag‘lubiyati bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, Robert Parzechevski hozirga qadar 25 ta jangda g‘alaba qozongan, bitta jangda esa mag‘lub bo‘lgan. 16 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Husanov esa 21 ta jangda raqiblarini mag‘lub etgan, bitta jangda mag‘lub bo‘lgan, bittasida esa durang qayd etilgan. To‘qqizta jangda raqiblarini nokaut evaziga yutgan.

Sherzod Husanov ishtirokdagi janglarni bu yerda tomosha qilish mumkin — HAVOLA.

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik bokschi Ravshan Umrzoqovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum. Raqib jiddiy, u umuman yutqazmagan

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют