» » Shavkat Mirziyoyev ormon xojaligini rivojlantirish boyicha islohotlar tahliliga bagishlangan videoselektor otkazdi

Shavkat Mirziyoyev ormon xojaligini rivojlantirish boyicha islohotlar tahliliga bagishlangan videoselektor otkazdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ormon xojaligini rivojlantirish boyicha islohotlar natijadorligi tahliliga bagishlangan videoselektor yigilishi otkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bergan.

Iqtisodiyotning resurs bazasini kengaytirish, yangi ish orinlari yaratish, ekologiyani yaxshilashda ormon xojaligi juda muhim orin tutadi. Shuning uchun ham oxirgi uch yilda bu sohani jadal rivojlantirishga alohida etibor qaratilib, Ozbekistonda ormon fondi yerlari 12 million gektarga yetkazildi.

Jumladan, Orol dengizining 1,2 million gektar qurigan tubida ihota daraxtzorlari barpo etildi. Oborotdan chiqib ketgan 10 ming gektar ormon xojaligi yerlari ozlashtirildi, 5 yarim ming gektarda yongoq, 4 ming gektarda oziq-ovqat ekinlari va dorivor osimliklar plantatsiyalari tashkil etilib, 3 mingta yangi ish orni yaratildi. Ormon xojaliklarida birinchi marotaba 64 ta biolaboratoriya tashkil etildi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yigilishda bu borada hali ishga solinmagan imkoniyatlar kopligi takidlanib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilangan. Sohada xususiy sektorni jalb qilgan holda ormon yerlarini ozlashtirish, yilqichilik, chorvachilik, urugchilik, kochatchilik, turizmni keng yolga qoyish masalalari muhokama qilingan.

Yana 50 ming gektar ormonzor barpo etib, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan hamda Toshkent viloyatlarida yongoq, pista va bodom plantatsiyalari tashkil qilish imkoniyati borligi korsatib otilgan.

Prezident mebelsozlik korxonalari xomashyoning 90 foizini import qilayotganidan kelib chiqib, ularga klaster usulida pavlovniya va boshqa mebelbop daraxtlar yetishtirish uchun yer ajratish boyicha topshiriq bergan.

Shavkat Mirziyoyev ormon fondi yerlarini ozlashtirishga ham subsidiya va imtiyozlar joriy etish, xususan, sugorish nasoslari xarid qilish, quduqlar qazish ishlarini moliyaviy qollab-quvvatlash muhimligini takidlagan.

2020-yildan boshlab oborotda bolmagan ormon fondi yerlarini ijaraga berish tartibi joriy qilingani, hozirgi kunda 20 ming gektar shunday yer ijaraga berilgani, mazkur ishlarni davom ettirib, qoshimcha yerlarni oborotga kiritish hamda tadbirkorlarga ijaraga berishni kengaytirish vazifasi qoyildi.

Qorakol, Gijduvon, Shahrisabz, Kitob, Pop, Chortoq, Nurobod, Qoshrabot, Nurota, Baxmal, Forish, Uzun, Boysun, Ohangaron, Bekobod tumanlarida ormon xojaligi rezervlaridan foydalanish boyicha ishlar tanqid qilinib, yetarlicha tashkil etilmagani korsatib otildi.

Pillachilikda ozuqa bazasini kopaytirish maqsadida fermer xojaliklarida 2 ming gektar, kelgusi yilda 2,5 ming gektarga tut kochatlari ekish rejalashtirildi.

Otgan yili dorivor osimliklar plantatsiyasi 2 ming gektarga yetkazilgan edi. Yigilishda kelgusi yili bunday maydonlarni 5 ming gektarga yetkazib, hosilni 8 ming tonnagacha oshirish zarurligi aytildi.

Xususiy sektorni jalb qilgan holda ormon fondi yerlarida asalarichilik, chorvachilik va parrandachilik loyihalarini amalga oshirish, bandlikni taminlab, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash chora-tadbirlari belgilandi, deya xabar bergan Prezident matbuot xizmati.

Shuningdek, videoselektorda otgan yili ekoturizm va ov turizmidan jami 1 milliard som tushgani va bu hali kamligi takidlandi. Bostonliq tumanidagi yangi tizim ormon hududlarida turizmni rivojlantirish boyicha juda katta zaxiralar mavjudligi, Burchmulla ormon xojaligida xususiy sheriklik asosida 300 orinli ekoturizm maskani barpo etilayotgani bunga misol ekanligi aytildi.

2021-yilda ekologiya va ov turizmidan daromadlarni 10-15 baravarga oshirish mumkinligi takidlandi. Shahrisabz, Kitob, Boysun, Bobotog, Zomin, Baxmal, Ohangaron, Bekobod, Dalvarzin, Pop, Qoqon, Qozoqdaryo ormon va ov xojaliklarida turizm maskanlarini tashkil etish boyicha korsatma berildi.

Yigilishda ormon xojaligi boyicha ilm-fanni rivojlantirish masalalariga etibor qaratildi. Mahalliy pistaning suvsizlikka chidamli va yuqori hosil beradigan 13 turdagi yangi navini royxatdan otkazib, keyingi yildan togli tumanlarda ekish kerakligi qayd etildi.

Davlat ormon xojaligi qomitasiga dorivor osimliklarni mahalliylashtirish uchun tajriba plantatsiyalari va ilmiy markaz, shuningdek, ormon tuproqshunosligi, in vitrova urugchilik laboratoriyalarini tashkil etish vazifasi yuklatildi. Sohada kadrlar salohiyatini oshirish, orta bogin mutaxassislarini tayyorlash boyicha ham korsatmalar berildi.

Qishloq xojaligining boshqa tarmoqlarida bolgani kabi ormon xojaligini rivojlantirish uchun ham xalqaro tashkilotlar mablaglarini jalb qilib, yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish muhimligi takidlandi.

Videoselektor yigilishida muhokama qilingan masalalarni inobatga olib, ormon xojaligini rivojlantirish boyicha 10 yillik dastur loyihasini takomillashtirish vazifasi belgilandi.

Yigilishda Davlat ormon xojaligi qomitasi va hududlar rahbarlari axborot bergan.



Manba: Daryo.uz
: admin (4-09-2020, 17:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
:
-
:
20 ... -