» » O‘zbekiston maktablari uchun pandemiya sharoitiga moslashtirilgan namunaviy dars jadvali ishlab chiqildi

O‘zbekiston maktablari uchun pandemiya sharoitiga moslashtirilgan namunaviy dars jadvali ishlab chiqildi


Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2020/2021-o‘quv yilining 1-choragi uchun umumta’lim maktablarining pandemiya sharoitiga moslashtirilgan namunaviy dars jadvali ishlab chiqildi.

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, mazkur dars jadvali asosida umumta’lim maktablarining navbatliligi (smenasi), o‘quvchi o‘rni, sinflar va o‘qituvchilar sonidan kelib chiqib, ushbu namunaviy jadvalga moslashtirilgan holda dars jadvalini tuzish tavsiya etiladi.

Dars jadvalini tuzishda bir necha talablarga e’tibor qaratiladi. Jumladan, bir vaqtning o‘zida o‘quvchilar ko‘p to‘planmasligi va tirbandlikning oldini olish uchun dars mashg‘ulotlarining boshlanish vaqti turli soatlarga belgilanadi (boshlang‘ich sinflar uchun 8:00 da, 5—8-sinflar uchun 8:30 da, 9—11 sinflar uchun 9:00 da).

O‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlagan holda ortiqcha muloqotning oldini olish maqsadida, jismoniy tarbiya, chaqiriqqa qadar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik, musiqa madaniyati, tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya hamda tarbiya fanlari o‘quv yili boshida vaqtinchalik o‘tilishi tavsiya etilmaydi. Ushbu fanlar masofaviy ta’lim shaklidagi televizion darslar orqali o‘zlashtirib boriladi.  Ta’kidlanishicha, mazkur fanlardan dars berayotgan o‘qituvchilarning oylik ish haqi to‘liq saqlab qolinadi va ular maktabdagi o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga jalb etiladi.

Tanaffus vaqtlarida sanitar-gigiyenik talablarga rioya etish, ijtimoiy masofani saqlash va o‘quvchilarning o‘zaro muloqotini cheklash maqsadida darslar oralig‘ida qo‘ng‘iroq chalish tavsiya etilmaydi, tanaffus vaqtlarida o‘quvchilar to‘planishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Darslar orasida 5 daqiqalik tanaffus beriladi, shuningdek, boshlang‘ich sinfda 2-soat darsidan keyin, 5—11-sinflarda 3-soat darsidan keyin 10 daqiqalik katta tanaffus, smenalar oralig‘ida esa 30 daqiqa tozalash uchun vaqt beriladi.

Masofaviy shaklda ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun televizion darslar jadvali 10-sentabrdan boshlab vazirlikning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali e’lon qilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili 14-sentabrdan boshlanadi. O‘quvchilar maktabga borishi yoki onlayn o‘qishi mumkin. Davlat maktablarida yangi o‘quv yilida majburiy maktab formasi talab qilinmaydi. Shuningdek, darslar taklif etilganidek 30 daqiqa emas, balki an’anaviy 45 daqiqa o‘tiladigan bo‘ldi.

Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi sanitariya talablariga javob bermaydigan maktablar o‘qishni masofaviy tarzda olib borishini ma’lum qilgani, maktablarda ta’lim ikki xil shaklda bo‘lishini inobatga olib, o‘quvchilarning ota-onalariga murojaat bilan chiqqani xabar berilgan edi. Vazirlik, shuningdek, o‘quv yili boshida ayrim fanlarni vaqtinchalik o‘tmaslikni tavsiya qildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют