» » “Rossiya bilan til topishsam yaxshimi yoki yomon? O‘ylashimcha, yaxshi”. Tramp Moskva bilan munosabatlari haqida

“Rossiya bilan til topishsam yaxshimi yoki yomon? O‘ylashimcha, yaxshi”. Tramp Moskva bilan munosabatlari haqida


AQSh prezidenti Donald Tramp boshqa davlatlar, jumladan, Rossiya bilan til topishishni to‘g‘ri yo‘l deb hisoblashini bildirdi. Bu haqda u Pensilvaniyadagi chiqishlar vaqtida ma’lum qilgan, deb yozadi The New York Times.

“Ular doim ‘Tramp o‘zida emas, u juda ham radikal, bizni urushga olib boradi’ deyishadi. Men sizlarni urushdan uzoqroq tutdim. Shimoliy Koreyada nima bo‘ldi? Kim Chen In bilan kelishib oldim. Ular buning juda yomonligini aytdi. Axir bu yaxshi-ku. Rossiya bilan til topishsam, bu yaxshimi yoki yomon? O‘ylashimcha, bu yaxshi”, — deydi Tramp.

Tramp doimo Rossiya haqida gapiradigan AQSh Demokratlar partiyasi vakillarini tanqid qilgan. “Bu manyaklar doim Rossiya haqida gapiradi. Hech qachon Xitoy haqida og‘iz ochmaydi. Faqat Rossiya. Eshitishimcha, ular yana boshlabdi… Haqiqiy manyaklar”, — deydi Amerika prezidenti.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, u televizordagi yangiliklarda “Rossiya” so‘zini eshitishi bilan o‘chirib tashlaydi.

3-sentabr kuni AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi Rossiya AQShda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarida amerikaliklarning pochta orqali ovoz berishga bo‘lgan ishonchini yo‘qqa chiqarishga urinishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Tramp: “Prezidentlik saylovida Bayden g‘alaba qozonsa, AQShda inqilob bo‘ladi”

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida amerikaliklarning qariyb yarmidan ko‘pi Tramp 2020-yilgi saylovlarda g‘olib bo‘lishiga ishonishi, Oq uy Trampga qarshi bo‘lganlarning ro‘yxatini tuzmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют