» » “Santa-Barbara” seriali aktyori Piter Likassi o‘z joniga qasd qildi

“Santa-Barbara” seriali aktyori Piter Likassi o‘z joniga qasd qildi


Amerikalik aktyor Piter Likassi 61 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda uning do‘sti aktyor Mayk Sigel o‘zining Facebook sahifasida xabar berdi.

“Mening do‘stim, akam, komik partnyorim tushkunlik bilan kurashda yutqazdi va o‘z joniga qasd qildi”, deb yozilgan uning Facebook sahifasida.

Sigel aktyorni “Nihoyatda iste’dodli, halol, mehribon va g‘amxo‘r, doim boshqalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor edi”, deya ta’riflagan. Shu bilan birga, do‘stining barcha ishni sidqidildan ado etishi va qaysarligi bilan ajralib turishini ham ta’kidlagan.

“Men 16 yil davomida u bilan sahnada ishlash baxtiga muyassar bo‘ldim, 38 yil do‘st bo‘lish esa undan ham ko‘proq baxt edi”, ? deydi Sigel.

Aktyor vidolashuv va dafn marosimi qachon bo‘lishi haqida hech qanday izoh bermagan.

Ma’lumot uchun, Piter Likassi 1959-yil 1-aprelda tug‘ilgan. Ilk debyut rolini 1984-yilda ijro etgan. 1989-yil “Santa-Barbara” serialining bir necha epizodlarida rol o‘ynagan. Unga eng katta mashhurlikni “Koinotlik masxaraboz qotillar” komediyasidagi roli olib kelgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют