» » O‘zbekiston Senatining yettinchi yalpi majlisi 11-sentabr kuni chaqiriladi

O‘zbekiston Senatining yettinchi yalpi majlisi 11-sentabr kuni chaqiriladi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi 2020-yil 11-sentabr kuni chaqiriladi. Bu haqda Senat kengashining 4-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalarni ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi, “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi, “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar yettinchi yalpi majlisda muhokama qilinadi.

Shu bilan birga, moliya vazirining O‘zbekiston davlat budjetining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi axborotini ko‘rib chiqish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun ko‘rilayotgan choralar holati haqida hamda O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Senatining oltinchi yalpi majlisi 7-avgust kuni videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tgandi va unda 16 ta masala ko‘rib chiqilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют