» » Mirzo Ulug‘bek tumanidagi sayyor qabulda mutasaddilar ko‘zi ojiz ishsiz fuqaroga dala-do‘kon ochishni taklif etdi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi sayyor qabulda mutasaddilar ko‘zi ojiz ishsiz fuqaroga dala-do‘kon ochishni taklif etdi


28-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi sayyor qabulida aholining bemor vakillari murojaatlari ham ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur tumanda yashovchi fuqaro Ergash Xolmurodov tug‘ma nogiron – ko‘zi ojiz. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini bitirgan. Hozirda ishga joylasha olmayapti.

O‘zbekiston xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, O‘zbekiston mehnat vazirining o‘rinbosari Bahodir Nizomov va boshqa mutasaddilar birgalikda fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqdi.

“O‘quv yili yakunlanayotgan ayni paytda Ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatida vakant joy yo‘q, albatta, sizni yangi o‘quv yilida ishga joylashtirishga harakat qilamiz, – dedi D.Kenjayev. – Buning uchun belgilangan qoidalarga muvofiq tiflopedagogika, ya’ni ko‘zi ojiz tarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanish bo‘yicha qayta tayyorlovdan o‘tishingiz kerak. Ungacha murojaatingiz Xalq ta’limi vazirligi nazoratida bo‘ladi”.

Tuman mutasaddilari E.Xolmurodovga bungacha biror ish bilan shug‘ullanishni maslahat berdi. Xususan, unga mahallasida imtiyozli asosda dala-do‘kon tashkil etish, bu borada, zarur bo‘lsa, kredit olish taklif qilindi. Fuqaro oilasi bilan maslahatlashgach, takliflardan birini tanlashini aytdi.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, uch marta miokard infarktini boshidan kechirgan 67 yoshli Ibrohim Qayumov murojaati tinglandi. Uning yuragiga stend qo‘yish uchun order so‘rab qilgan murojaatini Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari tez kunda ko‘rib chiqib, unga ijobiy yechim topilishi ma’lum qilindi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют