» » Andijonda 4 yoshli qizining o‘limiga sababchi bo‘lgan ona 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Andijonda 4 yoshli qizining o‘limiga sababchi bo‘lgan ona 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi


Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida to‘rt yoshli qizini doimiy ravishda kaltaklab kelgan va uning o‘limiga sababchi bo‘lgan onaga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi sudya katta yordamchisi Komronshoh Rasulovning ma’lumot berishicha, 1995-yilda tug‘ilgan G.H. to‘rt yoshli qizi A.ni o‘zi erkin yura olmasligi, sho‘x bo‘lib katta bo‘layotganini ro‘kach qilib, 2020-yil 21-apreldan 29-aprelga qadar uning boshi va tanasining boshqa qismlariga urib, doimiy kaltaklab kelgan.

Sudda so‘z olgan 25 yoshli ona o‘z aybiga qisman iqror bo‘lib, farzandi A. bilan 2020-yil 21-apreldan boshlab, yaqin tanishi Sarvinoz Qambarova (ism-familiya o‘zgartirilgan) ning xonadonida yashab kelganini, qizi tanishining uyida to‘g‘ri kelgan joyga hojat chiqarib qo‘ya boshlagani sabab jahli chiqib, uni urganini ma’lum qilgan.

25 yoshli ona, shuningdek, 2020-yil 28-aprel kuni soat 18:00 da tanishi Sarvinozning xonadonidan chiqib, qizi A.ni ko‘targan holda ko‘cha aylanganini, o‘sha kuni uxlamagani sabab 29-aprel kuni soat 10:00 da Andijon shahar 1-kichik dahadan o‘tib ketayotganida holdan toyib, boshi aylanib qo‘lidagi farzandi bilan yerga yiqilganini aytgan.

Ta’kidlanishicha, o‘rnidan turgan ona farzandini qo‘liga olganda u hushidan ketgani ma’lum bo‘lgan. Hushidan ketgan to‘rt yoshli qizaloq shifoxonaga olib borilgan. 2020-yilning 6-may kuniga qadar davolangan qizaloq olgan tan-jarohatlari oqibatida o‘sha kuni vafot etgan.

Sud G.H.ni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan og‘ir shikast yetkazish) bilan aybli deb topib, uni 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan. Biroq, aybdor homilador bo‘lganligi sababli tayinlangan jazoni ijro qilish Jinoyat protsessual kodeksining 533-moddasi 1-qismining 2-bandiga (Hukmning ijrosini kechiktirish) asosan bir yilga kechiktirilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют