» » Berdimuhamedov otishma mashqlari uyushtirib, qarsaklar ostida nishonni aniq urdi va pulemyotdan bochkalarni portlatdi (video)

Berdimuhamedov otishma mashqlari uyushtirib, qarsaklar ostida nishonni aniq urdi va pulemyotdan bochkalarni portlatdi (video)


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov shu hafta mamlakat xavfsizlik kengashi uchun sayyor yig‘ilish o‘tkazdi, deb yozmoqda “Xronika Turkmenistana”. Yig‘ilishdan so‘ng prezident harbiylar va huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari uchun otish mashqlari o‘tkazdi.

“Harbiy va huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari navbatma-navbat nishonga o‘q uzib, qurol ishlatish mahoratlarini namoyish etdilar. Prezident urilgan nishonlarni ko‘rib chiqdi va turli xil qurollardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirishni buyurdi”, — deb yozmoqda “Turkmenistan segodnya” nashri.

Shundan so‘ng prezident shaxsan o‘zi “harbiy quroldan mohirona foydalanishini namoyish qilib” ikki xil to‘pponchadan nishonga o‘q uzdi. Keyin esa yo‘ltanlamas mashina tomiga o‘rnatilgan pulemyot — “Minigan”dan yaqin atrofda turgan bochkalarga qarata otgan va uni portlatgan.

Berdimuhammedov yig‘ilganlarga qarata “jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun muntazam ravishda harbiy-amaliy sport turlari bilan shug‘ullanish zarurligi”ni ta’kidlagan.

Qayd etish joizki, Berdimuhamedov bir nechta qobiliyatlari bilan mashhur. 2018-yilning noyabr oyida Turkmaniston prezidenti hukumat majlisida o‘zining shtanga ko‘tarish mahoratini namoyish etgan, dekabr oyida esa nabirasi bilan uch tilda qo‘shiq kuylagan. 2019-yilning aprelida esa prezident ot haqida rep kuyladi. 2020-yilning Yangi yil bazmida dijeylik qilib, bir qator kuy-qo‘shiqlarni ijro etdi.

2019-yilning iyunida u milliy armiyani to‘satdan tekshirishga qaror qilgan va yarim kechasi alohida harbiy bo‘linmani jangovar tayyorgarlikka keltirishni buyurgan. O‘zi ham merganlik mahoratini namoyon etib, velosipedga o‘tirib, nishonga qarata o‘q uzgan.

2020-yilning avgustida Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zining 53-kitobini yozib tugatdi.

Mavzuga doir: Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li uy hayvonlari uchun mehmonxona ochdi, o‘zi esa itlardan biriga atab she’r yozdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют