» » Bayrutdagi portlashdan bir oy o‘tib vayronalar ostidan yurak urishi “eshitildi”

Bayrutdagi portlashdan bir oy o‘tib vayronalar ostidan yurak urishi “eshitildi”


Bayrutdagi portda bir oy avval sodir bo‘lgan yirik portlash oqibatida vayron bo‘lgan Mar Mixail hududidagi bino xarobalari ostida hayot alomatlarini qayd etildi, deb yozmoqda “RIA Novosti” Livan fuqarolik mudofaasi volontyori, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi a’zosi bergan ma’lumotga tayanib.

Uning aytishicha, ushbu hudud aholisi binodan chiqqan kuchli hid tufayli fuqaro muhofazasiga murojaat qilgan. Ularda maxsus uskunalar bo‘lmagani sababli Livanda ishlayotgan bir guruh qutqaruvchilardan yordam so‘ralgan. Itlar qurbonlar jasadi yotgani taxmin qilingan joyni topgan. Shundan so‘ng maxsus uskuna hayot alomatlarini qayd etgan.

“Biz bu joyni o‘rab olib, sukut saqlashga chaqirdik va uskuna daqiqasiga 20 marta yurak urishini ko‘rsatdi. Bu odam ekanligiga shubham bor. Ehtimol, qandaydir hayvon bo‘lsa kerak”, — degan volontyor.

Agentlik suhbatdoshining aytishicha, qutqaruvchilar hayotiga tahdid soladigan katta beton seksiyalarini olib tashlaydigan texnika kelishini kutib qutqaruv ishlari soat 23:30 da vaqtincha to‘xtatilgan. Soat 1:30 dan boshlab hozirgi paytgacha qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Portlash 4-avgust kuni sodir bo‘lgan. Hodisa 2014-yilda Gruziyadan Mozambikka yuk olib ketayotgan rossiyalik tadbirkor Igor Grechunkinga tegishli kemadan musodara qilingan 2750 tonna og‘irlikdagi ammiak selitrasi portlashi oqibatida sodir bo‘lgan. Livan bosh vaziri Bayrutdagi mazkur portlashga uzoq yillar davom etgan korrupsiya holatlari sabab bo‘lganini aytgan.

Hodisa oqibatida Bayrut shahrining deyarli yarmi qisman yoki to‘liq vayron bo‘lgan, 300 ming nafar odam uysiz qolgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra portlash tufayli 190 kishi halok bo‘lgan, 6500 nafar odam turli jarohatlar olgan.

BMT portdagi portlash tufayli Livan aholisining yarmi ochlikdan qiynalishi mumkinligini ma’lum qilgan. Portdagi portlash oqibatida yetkazilgan zarar miqdori 15 milliard dollardan ortiqqa baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют