» » O‘zbekistonda 4-sentabr kuni 278 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni 43 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 4-sentabr kuni 278 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni 43 mingdan oshdi


O‘zbekistonda 3-sentabr soat 23:30 dan 4-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 278 ta holat qayd etildi. Ketma-ket ikkinchi kun yangi kasallanish holatlari 300 taga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43075 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 278 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasidan aniqlangan:

Kun davomida 10 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlangani, karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda ushbu raqam nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

SSV Toshkent shahrida 4, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashagan 62 yoshli R.T. ismli ayol vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashagan 59 yoshli M.S. ismli ayol vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 52 yoshli T.X. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 42 yoshli B.M. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 58 yoshli F.Ye. ismli ayol vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 334 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 345 nafarni tashkil etmoqda.

SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2304 nafar bemordan 368 nafari og‘ir, 179 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

4-sentabr kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida 256 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 43 075 nafar bemordan 40 432 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda. Bir haftadan buyon davolanish ko‘rsatkichi o‘zgarmay kelmoqda. Bu koronavirus O‘zbekistonga kirib kelganidan so‘ng eng yuqori natija hisoblanadi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 00:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют