» » “Chelsi” Kay Haverts transferini e’lon qildi. U klub tarixidagi eng qimmat xaridga aylandi

“Chelsi” Kay Haverts transferini e’lon qildi. U klub tarixidagi eng qimmat xaridga aylandi


“Bayer” yarim himoyachisi Kay Haverts “Chelsi”ga o‘tdi. Bu haqda londonliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Chelsi” 21 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Avvalroq “Chelsi” Haverts transferi uchun bonuslardan tashqari 80 million yevro sarflashi xabar qilingandi. Bu London klubi uchun rekord miqdor hisoblanadi.

“Chelsi” avvalroq “Leypsig” hujumchisi Timo Verner transferini e’lon qilgandi.

Haverts 2016-yildan buyon “Bayer”da o‘ynab kelardi. Kay Bundesliga 2019/20-yilgi mavsumida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 12 gol va oltita golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 00:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют