» » Moskva milliy pavilyonidagi O‘zbekiston ekspozitsiyasi noyabr oyiga tayyor bo‘ladi

Moskva milliy pavilyonidagi O‘zbekiston ekspozitsiyasi noyabr oyiga tayyor bo‘ladi


O‘zbekiston Moskvada joylashgan Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi hududidagi milliy ekspozitsiya markaziga o‘z eksponatlarini noyabr oyiga tayyorlaydi. Vazirlar Mahkamasi 29-avgust kuni bu boradagi tegishli qarorni tasdiqladi.

Materiallar va eksponatlar O‘zbekistonning zamonaviy madaniyati va tarixi ifoda etishi kerak. Ekspozitsiyani tashkillashtirish ishlarini Madaniyat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi birgalikda ikki oy muddatda amalga oshirishi belgilangan.

Shuningdek, Butunrossiya ko‘rgazma markazi hududida “O‘zbekiston ko‘rgazma-madaniy markazi” ekspozitsion markazini saqlab turish va undan foydalanish direksiyasi Rossiya qonunchiligiga muvofiq tashkil etiladi. O‘zbekiston Qurilish vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2020-yil oxirigacha 66-pavilyonni rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari tugatadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida Moskvadagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi 66-pavilyonida “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma madaniy markazi” ekspozitsion markazini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangandi.

Mavzuga doir: Putin Moskva markazidagi pavilyonni O‘zbekistonga muddatsiz va beg‘araz berishga qaror qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют