» » Navoiyda yuk mashinasi va velosiped to‘qnashishi oqibatida 65 yoshli velosipedchi voqea joyida vafot etdi

Navoiyda yuk mashinasi va velosiped to‘qnashishi oqibatida 65 yoshli velosipedchi voqea joyida vafot etdi


Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida Isuzu yuk mashinasi va velosiped to‘qnashuvi oqibatida velosiped haydovchisi vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB matbuot guruhi katta inspektori Farruh Yakubov xabar berdi.

2020-yilning 2-sentabr kuni soat 15:20 da Qiziltepa tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 210 kilometrida Isuzu yuk mashinasi hamda velosiped to‘qnashuvi sodir bo‘lgan.

Yuk mashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi M.M. velosipedda harakatlanib kelayotgan 65 yoshli fuqaro M.S.ni urib yuborgan. Velosiped haydovchisi esa olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Romitan tumanida Toyota’da to‘yga ketayotgan fuqaro boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasiga uchragani, oqibatda ikki kishi vafot etgani xabar berilgandi. Toshkentda 18 yoshli yigit esa Lacetti’da yosh ona va uning 2 yoshli qizini urib ketgandi. Jabrlanuvchilar voqea joyida vafot etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют