» » Yevropa Ittifoqida turizm sektori pandemiya sabab daromadlarining chorak qisminigina saqlab qolgani ma’lum bo‘ldi

Yevropa Ittifoqida turizm sektori pandemiya sabab daromadlarining chorak qisminigina saqlab qolgani ma’lum bo‘ldi


Yevropa ittifoqi umumiy xizmatlar sektorida 2020-yil iyun oyida fevral bilan taqqoslaganda COVID-19 koronavirus pandemiyasi sabab daromadlarining 16,4 foizini yo‘qotgan. Turizm sohasining yo‘qotishlari 75 foizni tashkil qilgan. Bu haqda Eurostat xabar qilgan.

Turizm sektori tarmoqlari orasida, ayniqsa, turistik agentliklar va turoperatorlar katta daromadini yo‘qotgan (-83,6 foiz), ulardan keyin havo transporti (-73,8 foiz), turar joy (-66,4 foiz) va restoranlar (-38,4 foiz) bormoqda.

Shunga qaramay iyun oyida restoranlar va shunga o‘xshash boshqa maskanlarning ochilishi vaziyatning apreldagiga nisbatan yaxshilanishiga olib kelgan. Sohada nisbatan o‘ziga kelgan tarmoq restoranlar biznesi bo‘lib turibdi, keyingi o‘rinda turistlarni joylashtirish xizmatlari bormoqda. Havo yo‘llari orqali sayyohlarni tashish sektori ham asta-sekin tiklanmoqda, turistik agentliklar va turoperatorlarning holati esa apreldan beri deyarli o‘zgarmagan.

Eurostat Yevroittifoqda mehmonxonalar biznesi 2017-yilda qo‘shimcha ravishda 79,0 milliard yevrolik qiymatga ega bo‘lganini keltirgan va bu iqtisodiyotning moliyaviy bo‘lmagan sohasi uchun 1,3 foizli qo‘shimcha narxlarga mos keladi, restoranlarda qo‘shimcha qiymat 96,4 milliard yevroni 1,6 foizlik ulush bilan tashkil qilgan. Bandlikning bunga moslik ulushi 1,9 va 4,0 foizni ko‘rsatgan.

Aviatransport, turagentliklar va turoperatorlar ulushi mos ravishda 0,5 va 0,3 foizni tashkil qilgan. Havo transporti sohasidagi bandlik ulushi 0,2 foizga teng.

Eslatib o‘tamiz, besh oy avval turizm 2020-yil uchun 2009-yildagidan ikki baravar ko‘p zarar ko‘rgandi. Ushbu davrda turizm sohasidan tushgan daromadlar miqdori 320 milliardga kamaygan. 2020-yil may oyida turistik sayohatlar soni 2019-yilning mos davridagi natijaga nisbatan 98 foizga past bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют