» » Belarus Lukashenko aytgan Navalniy borasidagi “Varshava va Berlin suhbati”ni e’lon qildi

Belarus Lukashenko aytgan Navalniy borasidagi “Varshava va Berlin suhbati”ni e’lon qildi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 3-sentabr kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi vaqtida siyosatchi Aleksey Navalniyning “Novichok” guruhi kiruvchi zahar orqali zaharlangani to‘g‘risidagi ma’lumotlar yolg‘on ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, Belarus razvedkasi bunga qadar Germaniya va Polsha o‘rtasi bo‘lib o‘tgan suhbatni yozib olishga muvaffaq bo‘lgan. Unda Navalniyning zaharlanmagani aytilgan bo‘lib, Belarus prezidenti ushbu yozuvni Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga berishni va’da qilgan.

4-sentabr kuni kechqurun Belarus hukumatiga qarashli “Pul pervogo” Telegram kanali ushbu suhbatni e’lon qildi. Suhbat quyidagicha:

Varshava: Allo! Xayrli kun, Nik. Ishlaring qalay?

Berlin: Hammasi rejadagidek… Navalniy bo‘yicha materiallar tayyor. Kansler administratsiyasiga yuboriladi. Uning bayonotini kutamiz.

Varshava: Zaharlanish aniq tasdiqlanadimi?

Berlin: Eshit, Maykl. Mazkur holatda bu u qadar muhim emas… Urush ketyapti… Urush vaqtida esa har qanday usul yaxshi.

Varshava: Qo‘shilaman. Putinning Belarus ishlariga burun suqishga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirish kerak… Eng samarali yo‘l — uni Rossiya muammolariga ko‘mib tashlash, muammolar esa kam emas! Buning ustiga yaqin kunlarda saylovlar, Rossiya mintaqalaridagi ovoz berish kuni.

Berlin: Shu bilan shug‘ullanyapmiz. Belarusda o‘zi ishlar qalay?

Varshava: To‘g‘risini aytganda, yaxshi emas. Prezident Lukashenko qattiq yong‘oq bo‘lib chiqdi. Ular professional va tashkilotchi. Rossiya ularni qo‘llab-quvvatlayotgani tushunarli. Amaldorlar va harbiylar prezidentga sodiq. Qolganini telefon orqali emas, ko‘rishganda gaplashamiz.

Berlin: Ha-ha, tushunaman, unda ko‘rishguncha xayr.

Varshava: Xayr.

Mavzuga doir: Yevropa Ittifoqi Navalniyning zaharlanishi sabab sanksiyalar bilan tahdid qildi

Eslatib o‘tamiz, 2-sentabr kuni Germaniya hukumati Navalniy Rossiyada “Novichok”ga o‘xshash modda bilan zaharlanganini ma’lum qilgan. Siyosatchi davolanayotgan “Sharite” klinikasi shifokorlarining so‘roviga binoan o‘tkazilgan testlar natijalaridan shunday xulosaga kelingan.

Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya hukumati Navalniy zaharlanishi bilan bog‘liq “jiddiy savollarga” javob berishi kerakligini aytdi. Muxolif siyosatchiga qilingan suiqasd Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiyani ham g‘azablantirdi. London Navalniyga nisbatan kimyoviy qurol qo‘llanilishini “ablahona ish” deb atadi. Vashington aybdorlarga nisbatan moliyaviy cheklovlar qo‘llashga va’da berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют