» » AQSh davlat kotibi Rossiya va Xitoyni koronavirusga qarshi vaksinani piar qilishda aybladi

AQSh davlat kotibi Rossiya va Xitoyni koronavirusga qarshi vaksinani piar qilishda aybladi


Rossiya va Xitoy sog‘liqni saqlash manfaatlarini hisobga olmay, o‘zining siyosiy qarashlaridan kelib chiqib koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda shoshildi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Biz ruslar va xitoyliklar ushbu vaksinalarni tibbiyotdagi yutuqlar sifatida emas, balki siyosiy, diplomatik manfaatlar yo‘lida bozorga chiqarishga shoshilganini ko‘rib turibmiz. Bu dunyoning birinchi darajali manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi”, — deydi Pompeo.

Rossiya va Xitoy vaksinalariga bo‘lgan ishonch haqida gapirar ekan, AQSh davlat kotibi “ishon, lekin tekshirib ko‘r” prinsipiga amalga qilishini bildirgan. Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, bozorda samarasiz bo‘lgan vaksinalarning paydo bo‘lishi yangi muammolarni yuzaga keltiradi.

“Foyda bermaydigan vaksinani qo‘lga kiritsak, bu yanada ko‘proq kulfat keltirib, bundan ko‘p insonlarning o‘limiga olib kelishi mumkin”, — deya ta’kidlaydi AQSh davlat kotibi.

Avvalroq Intellektual mulk ishlari bo‘yicha Xitoy davlat boshqarmasi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaga birinchi patentni bergani ma’lum qilingandi.  Iyun oyida mazkur vaksinadan harbiy maqsadlarda foydalanishga ruxsat olingandi. Xitoy tomonidan yaratilgan vaksina 2020-yil dekabr oyi oxirlarida 144 dollardan sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Iyul oyining oxirida esa O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Baxtiyor Saidov va Sinopharm Group kompaniyasi rahbari Lyu Szinchjen bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda klinik sinovlarning uchinchi fazasini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi ko‘tarilgan. Sinopharm Group tarkibidan Xitoy milliy biotexnika guruhi o‘rin olgan.

Mavzuga doir: JSST boy mamlakatlar sababli COVID-19’ga qarshi vaksinaga teng ega bo‘lish imkoniyatini beruvchi dasturni amalga oshirish muddatini kechiktirdi

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini olgan. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 17) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют