» » Yirik aviakompaniyalar yo‘lovchilarning klapanli niqobda parvoz qilishini taqiqlamoqda

Yirik aviakompaniyalar yo‘lovchilarning klapanli niqobda parvoz qilishini taqiqlamoqda


Bir nechta yirik aviakompaniyalar klapani bor niqob yoki respiratorda sayohatga otlangan yo‘lovchilar samolyot bortiga chiqarilmasligi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi Avianews.

Bu kabi aviatashuvchilar qatoridan Air Canada hamda tarkibiga Lufthansa, Austrian Airlines va Swiss kiruvchi Lufthansa Group o‘rin olgan.

Klapanli himoya vositalari uni taqib yurishni qulaylashtiradi va yo‘lovchiga havoni filtrdan o‘tkazib beradi, biroq tashqariga chiqarilayotgan nafasni tozalamaydi. Shundan qilib, niqob boshqa sayohatchilar himoyasini ta’minlamaydi. Aviakompaniyalar klapanli niqoblarni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorini aynan shu bilan izohlamoqda.

Lufthansa Group, shuningdek, yuzdagi shaffof niqoblar burun va og‘izni yopuvchi niqoblar o‘rnini bosmasligiga e’tibor qaratgan. Bu kabi himoya ekranlari yo‘lovchi yuzidan to‘g‘ridan to‘g‘ri chiquvchi havo oqimidagi tomchilarning tarqalishini bloklaydi, biroq yon tomonlardan himoya ta’minlanmagan.

Niqoblardan foydalanish kasal yo‘lovchidan infeksiyaning tarqalish xavfini kamaytirishi yoki oldini olishi kerak. Koronavirus ko‘pchilikda belgisiz o‘tayotgani sabab ko‘plab mamlakatlarda og‘iz va burunni yopuvchi vositalardan foydalanish katta yoshli yo‘lovchilar uchun majburiy qilib qo‘yilgan.

Ayrim aviakompaniyalar esa tibbiy sabablarga ko‘ra niqob taqmaslikka ruxsat beradi, biroq buning uchun shifokor ruxsatini taqdim etishi va parvozdan oldin koronavirusga test topshirish lozim.

Avvalroq Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari COVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infeksiyasidan himoyalanishda eng yaxshi samara beradigan tibbiy niqob qanday bo‘lishi lozimligi to‘g‘risida ma’lumot bergandi.

Mavzuga doir: Ko‘zoynak taqish koronavirusdan himoyalanishga yordam beradimi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют