» » Kay Haverts “Chelsi”ga o‘tishiga kim sababchi bo‘lganini aytdi

Kay Haverts “Chelsi”ga o‘tishiga kim sababchi bo‘lganini aytdi


“Bayer”dan “Chelsi”ga o‘tgan yarim himoyachisi Kay Haverts London klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

U “Chelsi”ga o‘tishimga katta ta’sir ko‘rsatdi. Menga uning uslubi juda yoqadi, doim uning o‘yinlarini kuzatib borardim. Lemparddan ko‘p narsa o‘rganishim mumkin. Uning qo‘l ostida ishlashni orziqib kutyapman.

Kay Haverts, futbolchi

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli germaniyalik futbolchi “ko‘klar” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Uning transferi esa “Chelsi”ga 80 million yevroga tushdi.

Ma’lumot uchun, Haverts 2016-yildan buyon “Bayer”da o‘ynab kelardi. Kay Bundesliga 2019/20-yilgi mavsumida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 12 gol va oltita golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют