» » Farg‘onada karantin davrida cheklovlarga amal qilmagan 65 mingdan ortiq fuqaro javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi

Farg‘onada karantin davrida cheklovlarga amal qilmagan 65 mingdan ortiq fuqaro javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi


Farg‘ona viloyatida prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmon vositalari narxini oshirgan 156 nafar, karantin cheklovlariga amal qilmagan 65 ming 82 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 7 ta qo‘pol qonun buzilishiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyatda sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlar davomida qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish to‘g‘risida 58 ta taqdimnoma kiritilgan. 151 nafar mansabdor shaxs intizomiy, 9 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan, qo‘pol qonun buzilishlar yuzasidan 18 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 132 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.

Ta’kidlanishicha, viloyatda prokuratura organlarining bevosita tashabbusi bilan Farg‘ona shahridagi hamda Furqat, Rishton, Beshariq, Farg‘ona tumanlaridagi 7 ta tez yordam bo‘limlari binosida qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari olib borilgan. Tez yordam stansiyalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 20 ta yangi tez tibbiy yordam mashinalari xarid qilingan.

Aholi sog‘lig‘ini profilaktika qilish va davolash uchun 10 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, 21 turdagi dori vositalarining 3 oylik zaxirasi yaratilgan.

Bundan tashqari, tez yordam mashinalarini radioaloqa bilan to‘liq ta’minlash uchun 1 milliard 300 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют