» » Volkswagen kompaniyasi Caddy modelining safarda kerak bo‘ladigan palatkaga ega versiyasini tayyorladi (foto)

Volkswagen kompaniyasi Caddy modelining safarda kerak bo‘ladigan palatkaga ega versiyasini tayyorladi (foto)


Volkswagen kompaniyasi beshinchi avlod Caddy bazasida avtouy yaratdi — yangi versiya California nomini olgan bo‘lib, u eski Caddy Beach o‘rnini egallaydi. Ixcham kemper salkam ikki metrli karavot va mini-oshxona bilan jihozlangan. Shuningdek, jamlanmadan modulli palatkalar tizimi ham o‘rin olgan, deb xabar beradi Motor.

Volkswagen Caddy California bir nechta variantda taqdim etiladi: uzunligi 4501 va 4853 millimetrli, quvvati 75 yoki 122 ot kuchiga teng dizel motorli, old yoki to‘liq uzatmali. Modifikatsiyasidan kelib chiqib, avtouy 1980x1070 o‘lchamli ikki o‘rindiqli karavot bilan jihozlangan bo‘lib, yukxona bo‘lmasi ustida, bevosita panorama tom ostida joylashgan.

Oshxona bir nechta ko‘chma elementlardan iborat: yuqori qismida shamoldan himoya qiluvchi ekranga ega gaz plitasi, uning ostida esa oshxona anjomlarini saqlashga mo‘ljallangan javon joylashgan. Caddy California’ning quyruq qismida modulli palatka tizimi o‘ziga xos usulda qotiriladi. Uning ostida besh kishi o‘tirishi mumkin.

Avtouy jihozlari orasidan raqamli qurilmalar paneli, 10 dyuymli ekranga ega multimedia tizimi, shuningdek, haydovchiga yordam beradigan 19 ta tizim, jumladan, Travel Assist kruiz-nazorati ham o‘rin olgan. Caddy California’ning qisqa varianti Yevropada 2020-yil oxirlarida, uzun varianti esa 2021-yilda sotuvga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 27-iyul kuni Volkswagen Caddy avtomobillari taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi. Mamlakat bozori uchun avtomobil uch xil ko‘rinish va komplektatsiyada taqdim etilmoqda.

Mavzuga doir: Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari Samarqandga yetkazib berildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют