» » Koronavirusga chalingan o‘zbekistonlik bosh oshpaz Bahriddin Chustiy jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi

Koronavirusga chalingan o‘zbekistonlik bosh oshpaz Bahriddin Chustiy jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi


O‘zbekistonlik bosh oshpazlardan biri va bloger Bahriddin Chustiy ahvoli og‘irlashgani sabab jonlantirish bo‘limiga tushib qoldi. Bu haqda tadbirkor va bloger Aziza Umarova Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Umarovaning yozishicha, koronavirusga chalingan Chustiyning saturatsiyasi 70 bo‘lgan holda kasalxonadan chiqarib yubormoqchi bo‘lishgan. Biroq uning yaqinlari bunga qarshi bo‘lib, janjal ko‘targan. Ayni vaqtda u yuqumli kasalliklar shifoxonasining intensiv terapiya bo‘limida qolmoqda.

“Ertalab Bahriddinning rafiqasi Farangiz bilan gaplashdim. Uni reanimatsiyaga olishganini aytdi. Kislorodsiz saturatsiyasi 47 ga tushib ketibdi, kasalxona kislorodi bilan 89 ekan. Tana harorati 38,5 daraja”, — deb yozadi Umarova.

Eslatib o‘tamiz, Bahriddin Chustiy 2017-yilda “O‘zbegim milliy an’analari” festivali doirasida tayyorlangan rekord palovning tashabbuskori hisoblanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют