» » Xiaomi bir marta quvvatlanish orqali bir yil ishlay oladigan planshetni taqdim etdi

Xiaomi bir marta quvvatlanish orqali bir yil ishlay oladigan planshetni taqdim etdi


Xiaomi kompaniyasi va Mijia brendi qaydlar hamda surat chizishga mo‘ljallangan katta LCD Blackboard planshetini taqdim etdi. Planshetga diagonali 20 dyuymli ekran o‘rnatilgan bo‘lib, uni stilus yordamida boshqarish mumkin, deb xabar beradi “Afisha.uz”.

Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, gadjet o‘z sinfiga kiruvchi qurilmalarga nisbatan og‘irligi va korpusining qalinligi borasida katta ko‘rsatkichga ega emas. Shuningdek, planshet bir marta quvvatlanish orqali bir yil ishlay oladi.

LCD Blackboard displeyi suyuq kristallar asosida yaratilgan bo‘lib, undan uzoq foydalanish ham ko‘z uchun xavfsiz. Ekran teginish kuchini sezadi, yozuvlarni kiritish uchun stilusdan yoki boshqa qulay vositalardan foydalanish mumkin.

Xitoyda 20 dyuymli LCD Blackboard versiyasini 149 yuanga (22 dollar) xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Apple kompaniyasi LiDAR sensorli uchtalik kamera ega iPad Pro’ni taqdim etgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют