» » Yaponiyada yangi tayfun tufayli bedarak yo‘qolgan dengizchilarni qidirish to‘xtatildi

Yaponiyada yangi tayfun tufayli bedarak yo‘qolgan dengizchilarni qidirish to‘xtatildi


Yaponiya hukumati bu hafta yangi kuchli tayfun yaqinlashayotgani sababli bedarak ketgan dengizchilar va yuk tashuvchi kemani qidirishni vaqtincha to‘xtatdi, deya xabar bermoqda “Interfaks” mahalliy OAVga tayanib.

Yaponiyaning NHK telekanali xabar berishicha, 5-avgust kuni kechqurun Hayshen deb nomlangan yangi tayfun urilishi kutilmoqda. Yaqinlashayotgan yangi tayfun avvalgi Maysak tayfuniga qaraganda kuchliroq bo‘ladi. Meteorologlar yangi tayfun o‘zi bilan sunami ham olib kelishini taxmin qildi.

Okinava prefekturasi rasmiylari orollarda yashovchi 1,3 mingga yaqin aholini evakuatsiya qilishni buyurdi. Shuningdek, aholi tayfun oqibatida kelib chiqadigan toshqin va misli ko‘rilmagan kuchli yog‘ingarchilikdan ogohlantirilgan.

Yaponiyaning Toyota kompaniyasi 8-avgust kuni tungacha Kyushu shahridagi uchta fabrikasi faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi. Canon va Mitsubishi Electric kompaniyalari ham ba’zi joylardagi zavodlarini vaqtincha yopishgan. Mamlakatda 100 ga yaqin ichki reyslar bekor qilingan.

Maysak tayfuni oqibatida bir kema yo‘qolgan. Kemaning ekipaji 39 nafar filippinlik, ikkita yangi zelandiyalik va ikki avstraliyalikdan iborat edi. Omon qolganlardan biri 2-avgust kuni kechqurun topilgan. Kema Yangi Zelandiyadan Xitoyga 6 mingga yaqin sigirni olib ketayotgan bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют