» » Malida uyushtirilgan hujum oqibatida o‘ndan ortiq harbiy xizmatchi vafot etdi

Malida uyushtirilgan hujum oqibatida o‘ndan ortiq harbiy xizmatchi vafot etdi


Mali g‘arbida o‘ndan ortiq harbiy xizmatchi Kulikoro viloyatida uyushtirilgan hujum oqibatida vafot etdi, yana bir necha kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘q-dorilar zaxirasini yetkazib berishga javobgar harbiy xizmatchilar bo‘linmasi 3-sentabr kuni kechqurun Gire aholi punkti yaqinida hujumga uchragan. Hujum oqibatida harbiylarning o‘limidan tashqari katta moddiy zarar ham yetkazilgan. Mali armiyasi hodisa joyiga qo‘shimcha kuch yuborgan.

Bu Malida 18-avgustdan buyon askarlarga uyushtirilgan uchinchi hujum hisoblanadi. 22 va 27-avgust kunlari Mopti viloyatida uyushtirilgan hujumlar oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan, o‘ndan ortiq kishi jarohat olgan.

Hozircha hujum bo‘yicha mas’uliyatni hech kim o‘z zimmasiga olmagan.

Eslatib o‘tamiz, Malida 18-avgust kuni harbiylar tomonidan isyon ko‘tarilgandi. Qo‘zg‘olon poytaxt Bamako yaqinidagi Kati shahrida joylashgan katta harbiy bazada boshlangan. Isyonchilar prezident Keyta hamda bosh vazir Bubu Sisseni hibsga olgan. Ushbu voqeadan keyin Keytaning o‘zi ham iste’foga chiqishi haqida bayonot bergan. Hukumatni qo‘lga olgan harbiylar “Xalqni qutqarish milliy kengashi” tuzilganini e’lon qildi.

Mavzuga doir: Malida isyonchilar hibsga olingan prezident Keytani ozod qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют