» » Ukrainalik birinchi sinf o‘quvchisi hayot haqidagi qarashlari bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini kuldirdi (video)

Ukrainalik birinchi sinf o‘quvchisi hayot haqidagi qarashlari bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini kuldirdi (video)


Ukrainaning Truskaves shahrida birinchi sinfga chiqqan qizaloq hayot haqidagi qarashlari bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini kuldirdi. Rolik internet bo‘ylab keng tarqalib ketdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Olti yoshli Adel Bilimlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan birinchi qo‘ng‘iroqda jurnalistga maktabga chiqishdan juda xursand ekanligini so‘zlab bergan. Qizaloqqa nima sababdan o‘qishni xohlashi to‘g‘risida savol berishganida u javobni unutib qo‘ygan.

“Chunki biz bu yerda avvaliga o‘ynaymiz, keyin o‘qishga boramiz, keyin esa yana o‘qiymiz, keyin boshqa maktabga boramiz, so‘ng — institutga, ishga va oxirida o‘lamiz”, — deya xursand bo‘lib so‘zlaydi qizaloq.

Все правильно сказала ^^ pic.twitter.com/UZ4h1Z71Qz

— Vladyslav Greziev (@hypnomez13) September 3, 2020

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari birinchi sinf o‘quvchisining fikriga turli izohlar qoldirgan. Uning samimiyligi barchaga yoqqan.

Mavzuga doir: Qizi qo‘shiq kuylayotganda shiftni yorib tushgan ayol TikTok yulduziga aylandi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют