» » O‘zbekiston davlat budjeti daromadlari yanvar—avgust oylarida 82,9 trln so‘mni tashkil qildi

O‘zbekiston davlat budjeti daromadlari yanvar—avgust oylarida 82,9 trln so‘mni tashkil qildi


O‘zbekiston davlat budjeti daromadlari 2020-yil yanvar-avgust oylarida 82,9 trillion so‘mni tashkil qildi, deb xabar bermoqda Moliya vazirligi.

Qayd etilishicha, shundan 63,5 trillion so‘m soliq idoralari tomonidan nazorat qilinadigan tushumlarga, 14 trillion so‘m bojxona idoralari tomonidan nazorat qilinadigan tushumlarga to‘g‘ri keladi. Davlat budjetining boshqa daromadlari 8,4 trillion so‘mni tashkil qiladi.

Tog‘-kon kompaniyalaridan daromadlar jami 22,6 trillion so‘mni (yoki umumiy daromadlarning 27,3 foizini), jumladan foyda solig‘i 11,1 trillion so‘mni, yer qa’ridan foydalanganlik uchun solig‘i 7,6 trillion so‘mni va davlat ulushiga hisoblangan dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar 3,8 trillion so‘mni tashkil qildi.

2020-yilning 8 oyi davomida foyda solig‘i bo‘yicha jami 17 trillion so‘m va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha jami 10,4 trillion so‘m kelib tushgan.

Yanvar-avgust oylarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq va bojxona idoralari tomonidan jami 23 trillion so‘m, jumladan soliq idoralari tomonidan 11,7 trillion so‘m, bojxona idoralari tomonidan 11,2 trillion so‘m undirilgan.

Shuningdek, 2020-yilning 8 oyi davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha to‘lovchilarga 3 trillion so‘m, jumladan I yarim yillikda 1,6 trillion so‘m, iyulda 577 milliard so‘m, avgustda esa 779 milliard so‘m mablag‘ qaytarilgan.

Ta’kidlanishicha, 1-iyuldan boshlab, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisobga olinadigan miqdorining hisoblangan miqdordan oshib ketgan qismi, faqat “nol” stavka qo‘llaydiganlar uchun emas, balki barcha toifadagi to‘lovchilarga qaytariladigan tartib joriy qilindi.

Davlat budjeti daromadlarining ayrim soliqlar bo‘yicha yo‘qotishlari, qimmatbaho metallar narxining oshib borishi natijasida tog‘-kon korxonalaridan qo‘shimcha tushumlar, davlat korxonalaridan dividendlar hamda davlat budjetining boshqa daromadlari hisobiga qisman qoplanadi.

“Umuman olganda, 2020-yil yanvar-avgust oylari tushumlari asosida qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil yakunlari bo‘yicha davlat budjeti tushumlari 125,8 trillion so‘mni yoki ‘2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risida’gi qonunda ko‘zda tutilgan prognozga nisbatan 2,6 trillion so‘m kam bo‘lishi kutilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют