» » Toshkentdagi sayyor qabulda tabiiy gaz bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan qarz bekor qilinishi qayd etildi

Toshkentdagi sayyor qabulda tabiiy gaz bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan qarz bekor qilinishi qayd etildi


28-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi sayyor qabulida aholidan tabiiy gaz bo‘yicha asossiz qarzdorliklar hisoblanayotgani haqida ko‘p murojaat kelayotgani, bu masalani kompleks o‘rganib chiqish, muammoning ildizini topish va bartaraf etish lozimligi ta’kidlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Sayyor qabulda bu boradagi qator murojaatlar ko‘rib chiqildi. Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumani 4-berk Turon ko‘chasi 6-uyda yashaydigan Asadillo Roziqovning aytishicha, 2016-yilning sentabrida tabiiy gaz xodimlari uning xonadonida xatlov o‘tkazib, ikki million so‘mdan ortiq qarz hisoblagan.

Unga bu qarz 2010-yil tabiiy gaz hisoblagichini qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilgani haqidagi sertifikat belgilangan muddatdan kech olingani bilan izohlangan.

“Modomiki, shunday bo‘lgan taqdirda ham, oradan yetti yil o‘tib ketgan, lekin o‘sha vaqtda hisoblagich ishlagan, unga asosan barcha to‘lovni to‘laganmiz, buni isbotlaydigan barcha kvitansiya, mana, qo‘limda turibdi, boz ustiga 2015-yil shu hisoblagichni yana belgilangan qoida-talablar asosida o‘z vaqtida qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazganman, yaxshi ishlayapti, — dedi A.Roziqov. — Xo‘sh, tabiiy gaz xodimlari ishlayotgan hisoblagichni nosozga chiqarib, qarz hisoblashi mumkinmi? Nega o‘sha vaqtda buni menga tushuntirishmagan? Ularga bu borada nima halal bergan?”

Mirzo Ulug‘bek tumangaz foydalanish xizmati boshlig‘i Alisher Boyxonov fuqaro bilan birga masalani joyida o‘rganadigan bo‘ldi. Aytilishicha, bu qarzdorlik noto‘g‘ri hisoblangan bo‘lsa, darhol bekor qilinadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (29-04-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют