» » Xalq ta’limi vazirligi masofadan o‘qitiladigan bolalarning ota-onalariga tavsiyalar bilan chiqdi

Xalq ta’limi vazirligi masofadan o‘qitiladigan bolalarning ota-onalariga tavsiyalar bilan chiqdi


Xalq ta’limi vazirligi masofadan o‘qitiladigan bolalarning ota-onalariga bir necha tavsiyalar bilan chiqdi.

Vazirlikning qayd etishicha, ota-onalar avvalo o‘zlari va bolalari uchun odatiy kun tartibini belgilab, unga rioya qilishlari lozim (uxlash va uyg‘onish vaqti, darslarning boshlanish vaqti, ularning davomiyligi, tanaffuslar va boshqalar).

Kundalik hayotning keskin o‘zgarishi bolaning moslashish imkoniyatlarida sezilarli o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi hamda keraksiz stress va zo‘riqishlarga olib kelishi mumkin. Ota-onalar va bolaning oila a’zolari sodir bo‘layotgan voqealarga xotirjam, adekvat munosabatni saqlashga harakat qilishlari muhimdir.

Bolaning hissiy holati to‘g‘ridan to‘g‘ri kattalar (ota-onalar, qarindoshlar) holatiga bog‘liq. Boshqa mamlakatlardagi ota-onalarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga moslashish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi va bu normal jarayon hisoblanadi.

“O‘zingizni xotirjam tuting, vazmin bo‘ling. Bolalarning virusga oid savollariga javob berishdan qochmang va hokazo, ammo pandemiya holati va uning xavf-xatarlari haqida uzoq munozaralarga sho‘ng‘imang.

Bolalar uchun masofaviy ta’limni tashkil etish bo‘yicha maktabdan olgan tavsiyalaringizni yaxshi tushunib olishga harakat qiling. Siz faqat sinf o‘qituvchisi va maktab ma’muriyatidan olgan rasmiy ma’lumotlarga amal qiling.

Ushbu jarayonni tashkil etishda maktab ma’muriyati uchun ham vaqt talab etiladi, shuning uchun sizning bu vaziyatni tushungan holda munosabat bildirishingiz bebaho yordam bo‘lishi mumkin, bu esa ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.

Vaziyatni tushunganingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun oldindan rahmat”,  — deyildi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili 14-sentabrdan boshlanadi. O‘quvchilar maktabga borishi yoki onlayn o‘qishi mumkin. Sanitariya talablariga javob bermaydigan maktablar o‘qishni masofaviy tarzda olib boradi. Davlat maktablarida yangi o‘quv yilida majburiy maktab formasi talab qilinmaydi. Shuningdek, darslar taklif etilganidek 30 daqiqa emas, balki an’anaviy 45 daqiqa o‘tiladigan bo‘ldi.

Avvalroq XTV maktablarda ta’lim ikki xil shaklda bo‘lishini inobatga olib, o‘quvchilarning ota-onalariga murojaat bilan chiqqani, shuningdek, o‘quv yili boshida ayrim fanlarni vaqtinchalik o‘tmaslikni tavsiya qilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют