» » Toshkent viloyatida YPX xodimiga 2 million so‘m pora bermoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida YPX xodimiga 2 million so‘m pora bermoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida spirtli ichimlik ichgani aniqlangan haydovchi YPX inspektoriga pora berayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB “Daryo”ga xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 4-sentabr kuni Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX maxsus otryadi komandirining o‘rinbosari, katta leytenant A.Abduxoliqov Lacetti rusumli transport vositasini to‘xtatgan. Tekshiruv vaqtida haydovchi I.S. spirtli ichimlik iste’mol qilganligi va mast holatda ekanligi aniqlangan.

Katta leytenant A.Abduxoliqov haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini jarima maydoniga olib borgan. Lekin fuqaro muammo yechimining noqonuniy yo‘llarini izlab, xodimga pora evaziga ishini hal qilib berishini so‘ragan. A.Abduxoliqov bu haqda bildirgi yozib Toshkent viloyati IIBBning O‘z xavfsizlik bo‘limiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasining O‘z xavfsizlik xizmati va Qibray tuman prokuraturasi xodimlari yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan tezkor tadbir o‘tkazgan. Natijada fuqaro I.S. YPX xodimiga 2 million so‘m pulni pora sifatida berayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qibray tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют