» » Millatlar Ligasi. Angliya so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga Islandiyani mag‘lubiyatga uchratdi

Millatlar Ligasi. Angliya so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga Islandiyani mag‘lubiyatga uchratdi


Futbol bo‘yicha UEFA Millatlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan 5-sentabr kungi bir qator o‘yinlar yakunlandi.

Angliya terma jamoasi Islandiya maydonida mehmon bo‘ldi. Uchrashuv inglizlarning ustunligida o‘tgan bo‘lsa-da, Angliya raqib darvozasi tomon yo‘l topishda qiynaldi. Buning ustiga 70-daqiqada “uch sherlar” Kayl Uokerning chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi.

Barchasi durang tomon ketayotgan bir vaqtda islandiyaliklar himoyachisi o‘z jarima maydonida qo‘li bilan harakat qildi. Natijada belgilangan penaltini Rahim Sterling golga aylantirib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Parallel kechgan bahslarda Armaniston terma jamoasi Shimoliy Makedoniyaga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Ozarbayjon o‘z uyida Lyuksemburgga yutqazib qo‘ydi.

UEFA Millatlar Ligasi

1-tur bahslari

5-sentabr, shanba

Gol: 0:1 – 90+1, penalti Sterling.

Islandiya: Xalldoursson, Xermannsson, Arnason, Magnusson, Ingason, Byarnason, Traustason (Xadlvredsson, 76), Torsteynsson (Sigurdsson, 66), Paulsson, Gudmundsson, Bedvarsson (Fridyonsson, 90).

Angliya: Pikford, Gomes, Trippyer, Uoker, Dayer, Sancho (Aleksander-Arnold, 73), Rays, Foden (Ingz, 68), Uord-Prouz, Sterling, Keyn (Grinvud, 78).

Ogohlantirishlar: Uoker (33), Ingason (42), Gomes (90).

Chetlatishlar: Uoker (70), Ingason (89).

Gol: 1:0 – 42 Torilla.

Gollar: 1:0 – 5, penalti Alioski, 2:0 – 38, penalti Nestorovski, 2:1 – 90, penalti Barsegyan.

Gollar: 1:0 – 43 Sheydayev, 1:1 – 48 Barreyro, 1:2 – 72, penalti Rodrigesh.

Gol: 0:1 – 32 Kacharava.

Gollar: 0:1 – 60 Yovetich, 0:2 – 73 Yovetich.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют