» » Millatlar Ligasi. Ronaldusiz Portugaliya Xorvatiyani yirik hisobda yengdi, Fransiya va Belgiyada ham g‘alaba

Millatlar Ligasi. Ronaldusiz Portugaliya Xorvatiyani yirik hisobda yengdi, Fransiya va Belgiyada ham g‘alaba


Futbol bo‘yicha UEFA Millatlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan uchta o‘yinda 5-sentabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Portugaliya terma jamoasi o‘z uyida Xorvatiyani qabul qildi. Uchrashuvning 41-daqiqasida Joau Kanselu uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, chiroyli gol muallifiga aylandi. 58-daqiqada Diogu Jota portugallarning ikkinchi golini urdi. 70-daqiqada Joau Feliks jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, Portugaliya terma jamoasidagi ilk golini urdi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda jamoalar yana bir martadan gol urishga erishdi: Bruno Petkovich xorvatlarning yagona javob to‘pini kiritgan bo‘lsa, so‘nggi soniyalarda Andre Silva yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:1.

Fransiya terma jamoasi Shvetsiya maydoniga safar qildi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Kilian Mbappe chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan holda o‘tkir burchakdan darvozani aniq nishonga oldi. Ushbu gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.

Shuningdek, Daniya va Belgiya terma jamoalari ham o‘zaro to‘qnash keldi. Jeyson Denayer va Dris Mertens tomonidan kiritilgan to‘plar belgiyaliklarga uch ochkoni taqdim etdi.

UEFA Millatlar Ligasi

1-tur bahslari

5-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 – 41 Joau Kanselu, 2:0 – 58 Diogu Jota, 3:0 – 70 Joau Feliks, 3:1 – 90+1 Petkovich, 4:1 – 90+4 Andre Silva.

Portugaliya: Antoni Lopesh, Pepe, Ruben Diash, Joau Kanselu, Bernardu Silva (Trinkau, 78), Brunu Fernandesh, Diogu Jota, Danilu Pereyra, Joau Feliks (Andre Silva, 88), Moutinyu (Serjiu Oliveyra, 82), Gerreyru.

Xorvatiya: Livakovich, Yedvay, Vida, Lovren, Barishich, Brekalo (Perishich, 61), Kovachich, Vlashich, Pashalich (Brozovich, 61), Kramarich (Petkovich, 74), Rebich.

Ogohlantirishlar: Yedvay (60), Barishich (70).

Gol: 0:1 – 41 Mbappe.

Shvetsiya: Olsen, Lindelyof, Yansson, Lyustig, Bengtsson (Sema, 88), Larsson (Kulusevski, 70), Olsson, Ekdal, Forsberg, Kvayson (Gvidetti, 77), Berg.

Fransiya: Lyoris, Din, Kimpembe, Varan, Dyubua (Mendi, 88), Rabyo, Kante, Upamekano, Jiru, Mbappe (Marsyal, 77), Grizmann.

Ogohlantirish: Upamekano (2).

Gollar: 0:1 – 9 Denayer, 0:2 – 76 Mertens.

Daniya: Shmeyxel, Vass (Yorgensen, 84), Kristensen, Ker, Skov, Dileyni, Eriksen, Heyberg, Poulsen, Dolberg (Kornelius, 83), Breytueyt (Mele, 72).

Belgiya: Minyole, Denayer, Vertongen, Alderveyreld, Kastan, Karrasko (Prat, 57), Vitsel, Tilemans (Doku, 88), T. Azar, Mertens (Trossard, 80), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Heyberg (3), Tilemans (20), Skov (26).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 02:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют