» » O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sud raisi lavozimini qonunga xilof tarzda egallab turganligi haqidagi xabarga izoh berildi

O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sud raisi lavozimini qonunga xilof tarzda egallab turganligi haqidagi xabarga izoh berildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Baxtiyor Mirboboyevning Konstitutsiyaviy sud raisi lavozimini qonunni buzgan holda egallab turganligi to‘g‘risidagi maqola tarqaldi. Bu maqola yuzasidan Oliy Majlis Qonunuchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuhrat Polvonov izoh berdi.

Keltirilgan materiallarda 2017-yil 31-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 6-moddasi asos qilinib, unga ko‘ra Konstitutsiyaviy sudning sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi 70 yoshni tashkil etsa-da, Baxtiyor Mirboboyev 75 yoshga to‘lganligi ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari maqolalar mualliflari qonunda ushbu sud raisligiga ikki martadan ortiq saylanish mumkin emasligi belgilangan bo‘lishiga qaramasdan Baxtiyor Mirboboyev 5 marta saylanganligini qonun buzilishi sifatida baholangan.

“Birinchidan, ‘O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida’gi Konstitutsiyaviy qonunning 6-moddasida Konstitutsiyaviy sudning sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi qoida tariqasida yetmish yoshni tashkil etishi belgilangan. Oddiy so‘zlar bilan aytganda yetmish yoshgacha bo‘lgan va undan oshgan fuqaro Konstitutsiyaviy sudning sudyasi bo‘lishi mumkin. Qonunlarda ‘qoida tariqasida’ so‘zlarining qo‘llanilishi bu imperativ xarakterga ega emasligini anglatadi va qonunlar matnlarini bayon etishda qo‘llaniladigan qonunchilik texnikasi shakllaridan biridir.

Ikkinchidan, muqaddam Baxtiyor Mirboboyev konstitutsiyaviy sud tarkibiga oldin amalda bo‘lgan qonun asosida saylangan bo‘lib, unda 5 yillik muddat belgilangan, biroq qayta saylanish miqdori belgilanmagan edi. ‘Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida’gi qonunning 31-moddasida normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emasligi va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etilishi belgilangan.

Shu tariqa ‘O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida’gi Konstitutsiyaviy qonun 6-moddasining talablari 2017-yil 1-iyundan keyin saylangan Konstitutsiyaviy sud sudyalariga nisbatan tatbiq etiladi. 1995–2017-yillar davomida 5 yillik muddatga saylangan Konstitutsiyaviy sud sudyalariga nisbatan 2017-yildagi qonun bilan o‘rnatilgan taqiqlar qo‘llanilishi to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Yangi qonun qabul qilingandan keyin Baxtiyor Mirboboyev Konstitutsiyaviy sud sudyasi etib 2017-yil 24-avgustda saylangan va uning vakolat muddati 2022-yil 24-avgustda tugaydi. Ushbu muddat tugagandan so‘ng Baxtiyor Mirboboyev ikkinchi besh yillik muddatga Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylanishiga nisbatan amaldagi qonunda taqiq mavjud emas.

Shunday qilib, Konstitutsiyaviy sudning amaldagi raisi qonunga zid ravishda besh marta Konstitutsiyaviy sud sudyasi etib saylanganligi to‘g‘risidagi fikrlar asossiz bo‘lib, qonunga to‘g‘ri kelmaydi.

Xalqaro tajriba bu borada nima deydi? Masalan, Rossiyada Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolat muddati cheklanmagan, sudyalik lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi esa — yetmish yosh. Biroq bu talab Konstitutsiyaviy sud raisiga nisbatan tatbiq etilmaydi va amaldagi Konstitutsiyaviy sud raisi Zorkin Valeriy Dmitriyevich bugungi kunda 77 yoshga to‘lgan. Ko‘pchilik sudyalarning yoshi esa 66 yoshdan yuqori.

Shuningdek, Fransiyada Konstitutsiyaviy sud raisi sifatida 74 yoshni qarshilagan Loran Fabius faoliyat yuritib kelmoqda, uning vakolat muddati esa 2025-yilgacha etib belgilangan. Avstriyada sudning barcha a’zolari, jumladan, raisi va o‘rinbosari iste’fo yoshiga yetgunga qadar umrbod saylanadi, Norvegiya va Maltada sud raisi umrbod saylanadi.

Maqolalar mualliflari ‘Sudlar to‘g‘risida’gi qonunga sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o‘n yillik muddatga va sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda tayinlanishi yoki saylanishi to‘g‘risidagi normalar kiritilganligidan xabardor bo‘lishsa kerak.

Umuman olganda 2017-yilda qabul qilingan ‘O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida’gi Konstitutsiyaviy qonun mutlaq yangi va eng demokratik xalqaro standartlarga mos keladigan Konstitutsiyaviy sudning shakllanishi va faoliyatining asoslarini belgilab berdi.

Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Oliy Majlisining Senati tomonidan O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan shaxslar orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakilini qo‘shgan holda saylanadi.

Konstitutsiyaviy sud raisi va uning o‘rinbosari esa Konstitutsiyaviy sud majlisida uning sudyalari orasidan saylanadi. Oddiy qilib aytganda rais kim bo‘lishi sudyalarning o‘zlari tomonidan hal qilinadi. 2017-yildagi islohotlarga qadar Konstitutsiyaviy sud raisining nomzodi Prezident tomonidan taqdim etilar edi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda, Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari yanada kengaytirilgan, shuningdek, mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati ustidan nazorat olib borishi uchun bir qator demokratik mexanizmlar joriy etilgan”, – deydi Shuhrat Polvonov.

Avvalroq BMT maxsus ma’ruzachisi O‘zbekiston sud tizimini mustaqil deya olmasligini aytgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют