» » Luis Enrike: “Barselona” Messisiz ham sovrin yutaveradi, klub alohida shaxslardan muhimroq

Luis Enrike: “Barselona” Messisiz ham sovrin yutaveradi, klub alohida shaxslardan muhimroq


Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchi Lionel Messining “Barselona”da qolish haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.

Juda qaltis mavzu. Klub alohida shaxslardan muhimroq.

“Barselona” 1899-yilda tashkil topgan va dunyoning eng yaxshi klublaridan biri hisoblanadi. Ular orasida juda yaxshi munosabat bo‘lgani hech kimga sir emas.

Leo “Barselona”ni juda katta tezlikda o‘sishga majbur qildi. Bu yana davom etishini istardim.

Ertami yoki kech, Messi “Barselona”dan ketadi. Ikki tomon ham bir-biridan rozi bo‘lishi kerak. Hammasi do‘stona ruhda kechsa, juda yaxshi bo‘lardi.

Klub Messisiz ham sovrin yutishda davom etadi. Bu Leoga ham tegishli, u ketgan taqdirda ham hali uzoq yillar ajoyib formada bo‘ladi.

Luis Enrike, Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, Enrike 2014—2017-yillar mobaynida “Barselona”ni boshqargan va Messi bilan birga ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Messi avgust oyida “Barselona” tark etish istagida ekanini ma’lum qildi va “Manchester Siti”ga yo‘l olishni xohlagandi. Biroq katalon klubi uni qo‘yib yuborishni istamadi va argentinalik futbolchi “Barselona”da qolishini ma’lum qildi. Uning amaldagi shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют