» » O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi, jahonda 48-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi, jahonda 48-o‘rinni egalladi


O‘zbekiston Qurolli kuchlari Globalfirepower tomonidan e’lon qilingan reytingda 0,8319 indeksi bilan dunyoda 48-o‘rinni egalladi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida faqat Rossiya (2-o‘rin) va Ukraina (30-o‘rin) O‘zbekistondan oldinda bomoqda.

Dastlabki 10 pog‘ona quyidagicha ko‘rinish oldi: AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindison, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Turkiya, Germaniya va Italiya.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lib, Qozog‘iston (53-o‘rin), Turkmaniston (84-o‘rin), Qirg‘iziston (109-o‘rin) va Tojikistonni (112-o‘rin) ortda qoldirmoqda.

Mazkur reytingni tuzishda qo‘shin soni, quruqlik, dengiz va havoda jang qilishga mo‘ljallangan harbiy texnika soni va shunga o‘xshash 50 ta turli omillar hisob olinadi.

Shuningdek, mamlakatlarning geografik joylashuvi va qurollanishga sarflanishi mumkin bo‘lgan resurslar ham inobatga olingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-04-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют