» » Navoiyda Tiko haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi

Navoiyda Tiko haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi


Navoiyda 2-sinf o‘quvchisini urib yuborib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan Tiko haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Navoiy viloyat IIB YHXB matbuot guruhi katta inspektori Farruh Yakubov xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2020-yilning 3-sentabr kuni soat 15:30 da Nurota tumani Jarma qishlog‘ida yashovchi A.X. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Tiko’ni qishloqning ichki yo‘lidan boshqarib ketayotib, ehtiyotsizlik oqibatida yo‘lni kesib o‘tayotgan 8 yoshli bolani urib yuborgan.

Tumandagi 51-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Sh.M. YTH natijasida bosh miya yopiq jarohati, pastki jag‘ yopiq sinib siljishi kabi og‘ir tan jarohatini olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast etkazilishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov-surishtiruv jarayonlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyati Konimex tumanida yo‘lda uxlab qolgan Nexia haydovchisining YTH sodir etishi oqibatida 10 yoshli bola qurbon bo‘lgani, Toshkentda esa birovning Lacetti’sida ona va bolani urib yuborgan 18 yoshli fuqaroning aybi bilan ona va uning 2 yoshli farzandi vafot etgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют