» » Toshyurak yovuz Katoni mavh etgan shahzoda Mio haqidagi film qanday suratga olingan? (foto)

Toshyurak yovuz Katoni mavh etgan shahzoda Mio haqidagi film qanday suratga olingan? (foto)


Bir kuni ayol bog‘da sayr qila turib, o‘rindiqlarning birida yolg‘iz va ma’yus holda o‘tirgan bolakayni ko‘rib qoladi. Uning uchun bu holatning o‘zi yetarli bo‘ldi. Bola hamon o‘rindiqda o‘tirar, uni allaqachon o‘zi ixtiro qilgan ajoyib mamlakatga olib ketgan ayolning ismi esa bolalar yozuvchisi Astrid Lindgren edi.

Astrid Lindgren ertagidagi bolalar o‘z tasavvuri bilan mo‘jiza yaratadi. Yolg‘iz yoki qashshoq, o‘zlari uchun do‘st va istalgan boshqa olam kabilar. Shunday qilib, o‘rindiqda sovuq yeb o‘tirgan, “Mio, bolajonim Mio” filmining bosh qahramoni Bosse qayerdadir baxtli va nurafshon mamlakat borligiga va u yerda otasi uni kutayotganligini orzu qiladi.

Bosse – uni asrab olgan ota-onalar tomonidan unchalik ham yaxshi qabul qilinmagan yetim bola. U kuzning salqin bir kunida otasini izlash niyatida uydan qochadi. Aynan shu yerda mo‘jiza sodir bo‘ladi, u shisha idishga qulflangan Ruhni topib, ozod qiladi. Ular bir necha yildan buyon o‘g‘lini izlayotgan qirolning “Orzular mamlakati”ga otlanadi…

Shunday qilib stokgolmlik Bosse shahzoda Mioga aylanadi. Orzular mamlakatida u nafaqat otasini topadi, balki yangi do‘sti Yum-Yum bilan ham uchrashadi va undan sovg‘a sifatida sehrli ot ham oladi. Ammo Mio Orzular mamalakatida ham yovuzlik borligini tez orada bilib qoladi. Yurak o‘rniga tosh, qo‘l o‘rniga temir panjasi bo‘lgan yovuz Ritsar Kato o‘z qal’asi atrofidagi yerlarni O‘lik o‘rmonga aylantirib bo‘lgan edi. Kato bolalarni o‘g‘irlab, ularni o‘ziga xizmatkor qilar, unga bo‘ysunmaydiganlarni O‘lik o‘rmon va Qora qal’a atrofida uchadigan abadiy qushga aylantiradi. Yovuz ritsarni faqat qirolning o‘g‘li Mio mag‘lub etishi mumkin. Albatta, Mio Kato bilan kurashda g‘olib bo‘ladi, uning tosh yuragini teshadi va Orzular mamlakatidagi bolalarni asirlikdan ozod qiladi. Ezgulik doimo yovuzlik ustidan g‘alaba qilishini isbotlaydi.

1985-yil shved produserlari SSSrga asarni ekranlashtirish masalasi bo‘yicha taklif bilan chiqadi va ularga uchta rejissyor ? Aleksandr Mitta, Sergey Solovyov va Vladimir Grammatikovni tavsiya qilinadi. Ularning tanloviga “Mo‘ylovli enaga” komediyasini suratga olgan Vladimir Grammatikov to‘g‘ri keladi.

Nomzod Grammatikov suratga olish ishlaridan avval Astrid Lindgren bilan uchrashgan va u tomonidan ma’qullangan. Suhbat davomida u Grammatikovdan hayotini necha yilini eslay olishini va aytib berishini so‘ragan. Grammatikov unga ikki yarim soat davomida hayotidan parchalar aytib berdi va shundan so‘ng Lindgren “yaxshi film bo‘ladi”, deya ishonch bildirgan.

Film xalqaro bo‘lganligi uchun ingiliz tilida suratga olinishi kerak edi va Mio va Yum-Yumning roliga Grammatikov Sovet tashqi ishlar vazirligi konsullik bo‘limining maslahati bilan ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatda o‘qiydigan va ushbu tilda gapira oladigan dovet diplomatlari farzandlarini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi.

Biroq tez orada Grammatikov ushbu tashabbusdan voz kechishga majbur bo‘ldi, sababi sinovga kelgan bolalar juda bo‘shashgan bo‘lib, romantik qahramonlarning talab qilinadigan turiga umuman mos kelmasdi. Natijada u teatr maktablariga 70 ta savoldan iborat so‘rov yuborib, Angliyadagi talabgorlarni izlashga tushdi.

Londonga uchib ketgan Grammatikov xonasidan chiqmadi, u 70 ta savolga javob bergan bolalarning videofilmlarini tomoshqa qildi. Ulardan 65 tasini yoqtirdi va tanlanganlari etyud improvizatsiyaga taklif qildi. U yerda nomzodlarni ikkiga bo‘lib, hissiy sahna – bir bola do‘stidan uning kuchugini o‘ynatib turishni so‘raydi, chunki o‘ziniki kasal va bola kuchukni o‘ynatgani olib, uning egasiga qayg‘uli xabarni ? kuchugini mashina urib yuborganini ijro etishi kerak edi. Afsuski, ertasi kuni janjal boshlanadi, Grammatikov kasaba uyushmasi tomonidan sud bilan tahdid qilinadi, chunki u bolalarning ota-onalari va agentliklar tominidan kelishmagan, Grammatikov ham buni xohlamagan edi.

Tanlovning final qismiga 18 ta bola keldi va ular bu safar onasi oilasini tark etayotgan bolani ijro etishi kerak va ular onasini qolishga ko‘ndirishi kerak bo‘ldi. Bu shartda Nik Pikkard va Kristian Beyl tanlab olindi.

Nik (Nikolas) Pikkard

Nik (Nikolas) pikkard 1975-yil 16-aprelda Londonda tug‘ilgan. U 11 yoshida “Mio, bolajonim Mio” ertak-filmida bosh qahramon rolini ijro etdi. Aktyor keyinchalik drama kollejida dramaturgiya yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldi. Teatrlarda Uilyam Shekspir va Henrik Ibsenning asarlarini sahnalashtirdi. 1995-yil “Xolliox” teleseriali yulduziga aylandi.

Kristian Charlz Filipp Beyl

Kristian Charlz Filipp Beyl 1974-yil 30-yanvarda Uelsda tug‘ilgan. Beyl o‘zining ilk debyutini 1983-yil britan televideniyasidagi reklamaga suratga tushishdan boshlagan. Oradan bir yil o‘tib teatrda rol ijro etgan. Uning kinodagi ilk faoliyati “Mio, bolajonim Mio”dagi ijrosidan boshlangan.

Filmni suratga olish 1986-yil Moskvadagi Gorkiy nomidagi kinostudiyada, Mio va Yum-Yum o‘lim minorasida qamalgan sahnadan boshlangan. Rassom Konstantin Zagorskiy uchun minoraning ichki shaxta dizayni bunday janrdagi birinchi tajriba bo‘ldi. Barcha pavilion hamda Mio va Katoning o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang sahnasi ham Moskvada suratga olindi. Keyin produserlar filmning kirish qismini Stokgolmda olishni boshladi. Mio qo‘lga kiritgan Ruhning soqoli Yaltadagi kinostudiyada arqon ipidan yasalgan va uzunligi 6 metrni tashkil qilgan. Soqol maxsus gidravlik uskunasiga biriktirilgan, Mio va Ruhning Stokgolm ustidan uchib o‘tish montajlari hech qanday maxsus effektsiz suratga olingan. Shundan so‘ng suratga olish ishlari Qrimda davom etdi. U yerda Uzoq mamlakatning sahnalari va bolalar sayohati haqidagi aksariyat qismlari suratga olindi. Kato qal’asining prototipiga Shotlandiyadagi “Eylen Donan” qal’asi xizmat qildi. Suratga olish ishlari o‘sha yilning oxirida yakunlandi.

Ukrainada aprel oyida bo‘lib o‘tayogan suratga olish ishlari vaqtida Chernobil voqeasi sodir bo‘ldi va ijodiy guruhdagilar bir oyga evakuatsiya qilindi. Aktyor Kristian Beylning 2008-yildagi “Details”ga bergan intervyusida aytishicha, suratga olish maydoniga qaytganida so‘ng ekipaj a’zolaridan kimdir har doim ovqatlanishdan avval maxsus tekshiruv o‘tkazgan.

Nik Pikkardning barcha tryuklari 13 yashar yaltalik Yelena Stupakova tomonidan amalga oshirilgan. Dastlab Grammatikov bunga qarshi bo‘lgan, ammo suratga olish maydoniga tashrif buyurgan Yelenani ko‘rgach fikridan qaytgan. Sababi u Pikkardga juda o‘xshash edi. Mio va Katoning o‘rtasidagi jang sahnasida aynan Stupakovaning yuzi Lining qilichi bilan to‘sib qo‘yilgan, Pikkard esa yaqin masofadan suratga olingan.

Shved ertakchisining “o‘ng qo‘l o‘rniga temir panja, yovuz ritsar Kato u bilan odamlarning qalbini yorib tashlaydi” mavzusidagi fantaziyasiga rassom Sergey Mikulskiy tomonidan metall bilan ishlov berilgan. Astrid Lingrenning ta’rifi uch so‘z bilan cheklanganligi sababli  u tashqi ko‘rinishni ham, vazifaviylikni ham o‘ylashiga to‘g‘ri keldi. Ritsar Kato rolini ijro etgan afsonaviy ingliz aktyori o‘zining kinogalreyasidagi salbiy obrazlari bilan mashhur Kristofer Li “temir panjani”ni sinab ko‘rish uchun kelgan. “U rafiqasi bilan mening studiyamda edi”, ? deydi Sergey Mixaylovich. – U juda ham mehribon odam bo‘lib chiqdi, hech qanaqasiga g‘alati emas. U temir panjani ko‘rib, hayratdan yoqa ushladi”.

Film haqida qiziqarli faktlar

Filmni suratga olish ishlari Qrim, Shotlandiya va Shvessariyada bo‘lib o‘tgan. Film Yevropada 1987, Amerikada 1988- yildan namoyish etilgan. Film budjetiga 5 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ sarflandi va Astrid Lindgren asarini ekranlashtirishda eng ko‘p pul sarflangan film bo‘lib qoldi.

Filmda asosiy musiqa “ABBA” guruhining ikki sobiq a’zosi Benni Anderson va Byor Ulveus tomonidan yozilgan hamda shved dueti “Gemini” tarafidan kuylangan.

Orzular mamlakatidagi barcha sahnalar yaltadagi “Quyi Oreanda” sihatgohida suratga olingan.

Ruh va Bosse qirol saroyiga uchib ketadigan sahnasi qaldirg‘och uyasida suratga olingan.

Grammatikovning eng yaxshi kashfiyoti bu Yum-Yum rolini ijro etgan Kristian Beyl edi. Uelsdan kelgan o‘spirin bola qoshi ostidan mungli qarashga ega bo‘lgan aktyorga aylandi. Beylning aytishicha, filmdagi debyutdan so‘ng u aktyorlikdan boshqasini o‘ylamay qo‘ydi. Uni film namoyishidan so‘ng bir qancha filmlarga taklif etishdi.

Yovuz odam Katoni Kristofer Li ijro etgan. An’anaviy salbiy rollarda namoyon bo‘luvchi aktyorning eng mashhur obrazi “Uzuklar hukmdori”dagi Sauman qahramoni.

Mioning rolini ijro etgan Nik Pikkarda ham kinodagi faoliyatini davom ettirdi. U ko‘p yillar davomida Britaniyaning “Xollioks” teleserialidan rol ijro etdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют