» » Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari: “2020-yilgi paxta mavsumi ikkita murakkab talabga muvofiq tashkil etiladi”

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari: “2020-yilgi paxta mavsumi ikkita murakkab talabga muvofiq tashkil etiladi”


O‘zbekistonda majburiy mehnat, ayniqsa, bolalar mehnatiga qarshi kuchli kurash olib borilayotgan bo‘lsa-da, ammo 2019-yili ba’zi hududlarda paxta yig‘im-terim mavsumida bolalar mehnatidan foydalanilgan. Bu haqda 5-sentabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov ta’kidlab o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

“Xabarlaringiz bor, avvallari har yili sentabrdagi o‘quv jarayoni paxta mavsumi bilan bog‘liq bo‘lardi. Bolalar va talabalar paxtaga chiqardi, o‘qish davri Yangi yilga yaqin boshlanardi. Bu xalqaro normalarga, hozirgi talablarga nihoyatda nomuvofiq jarayon edi. Shu bois Xalqaro mehnat tashkiloti rahbari O‘zbekistonga kelganida birinchi navbatda mamalakatda majburiy mehnatni tubdan yo‘q qilish masalasi qo‘yilgandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan bu borada qonunlar qabul qilindi, konvensiyalarga imzolar chekildi. Natijada majburiy mehnat, ayniqsa, bolalar mehnati butunlay bartaraf etildi va bu butun dunyoga e’lon qilindi.

Lekin shunga qaramasdan, 2019-yili ayrim viloyat va tumanlarda bolalar mehnatiga yo‘l qo‘yilganligi sezildi. Shu sabab bizning terilgan paxtamiz, paxtamiz dunyo bozorida juda ko‘p qiyinchiliklarga duchor bo‘ldi. Chunki “Bu bolalar mehnati va majburiy mehnat bilan terilgan paxta”, degan gap-so‘zlar tufayli sotuv ishlarimiz ancha murakkablashdi. Shu munosabat bilan 2020-yilgi paxta mavsumi mana shu ikkita murakkab talablarga muvofiq tashkil etiladi”, — dedi Bahodir Umrzoqov.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют