» » DTM internetda suratlari tarqalgan testlar bo‘yicha abituriyentlarga chora ko‘rilganini bildirdi

DTM internetda suratlari tarqalgan testlar bo‘yicha abituriyentlarga chora ko‘rilganini bildirdi


Davlat test markazi 2—3-sentabr kungi test sinovlarida test topshiriqlari rasmga olinib, internetda tarqalgani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Kompyuter taqsimotidan aniqlanishicha, ushbu savollar kitoblari quyidagi guruhlarga yuborilgan:

“Tezkor harakat asosida holatni amalga oshirgan abituriyentlarning barchasi aniqlangan va ularning uch nafari jarayon davomida, bir nafari jarayondan keyin chetlatilgan”, – deyiladi DTM axborotida.

Markaz 5-sentabr kuni Toshkentda nazoratchining abituriyentga yordam bergan holati aniqlanganini bildirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilganda, haqiqatan ham, 5-sentabr kuni Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasi xiyobonida, 1-smenada o‘tkazilgan test sinovlarida qoidabuzarlik yuz bergani yetarli dalil-isbotlar bilan tasdiqlangan.

“Ushbu jarayonga daxldor barcha shaxslar aniqlandi va chora ko‘rilishi uchun tegishli tashkilotga taqdim etilgan”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq Internetda imtihon partasi ostiga narsa qo‘yib ketgan guruh nazoratchisining videosi tarqalgan, DTM mazkur holatga izoh berib, guruh nazoratchisi parta tagiga telefon yoki shu kabi biror qurilma emas, balki tibbiy niqobini qo‘yganini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют