» » “Ertug‘rul” seriali yulduzi Engin Altan Pokistonga ko‘chib o‘tadi

“Ertug‘rul” seriali yulduzi Engin Altan Pokistonga ko‘chib o‘tadi


Mashhur “Ertug‘rul” seriali orqali tanish bo‘lgan Engin Altan ma’lum muddatga uni tijoriy loyihalar kutayotgan Pokistonga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda “RusTurkey.com” xabar beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor Islomoboddagi masjidning ochilish marosimida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, u 2020–2021-yillar davomida Pokistonning taniqli brendlaridan biri bilan ishlashni boshlaydi.

“Ertug‘rul” serialining efirga uzatilishi tufayli Pokistonda Engin Altanning mashhurligi kun sayin ortib bormoqda. Enginning o‘zi muvaffaqiyat haqida xotirjamgina filmning omadi bevosita sahna ortida ishlaganlarning ham xizmatlari bilan bog‘liq ekanini ta’kidlagan.

Engin Altan ? Usmonli turklar imperiyasi tarixidan hikoya qiluvchi “Ertug‘rul” teleserialidagi bosh roli tufayli dunyo miqyosida shuhrat qozongan turk aktyori.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют