» » “Barselona” Filippe Koutinyoning kelajagi borasida bir qarorga keldi

“Barselona” Filippe Koutinyoning kelajagi borasida bir qarorga keldi


Yarim himoyachi Filippe Koutinyo 2020/21-yilgi mavsumni “Barselona”da o‘tkazadi, deya xabar qilmoqda Marca.

Katalonlar yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman “Barselona” rahbariyatiga braziliyalik futbolchiga ishonch bildirmoqchi ekanini ma’lum qilgan.

Klub rahbariyati holatni tahlil qilib chiqqan va 28 yoshli futbolchini jamoada saqlab qolish qaroriga kelgan.

“Barselona” faqatgina Koutinyo uchun katta pul taklif qilingan holatda uni sotishga rozi bo‘lishi mumkin, biroq koronavirus inqirozi tufayli buning deyarli iloji yo‘qligini taxmin qilinmoqda.

2019/20-yilgi mavsumda futbolchi “Bavariya” safida ijara asosida harakat qildi va myunxenliklar bilan trebl qayd etdi. Koutinyo Chempionlar Ligasi chorak finalida “Barselona”ga qarshi o‘yinda (8:2) dubl muallifiga aylangandi.

Futbolchi ta’tilni muddatidan avval tugatib, 4-sentabr kuni “Barselona” tasarrufiga yetib keldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют