» » Ozbekistonda Rossiya yoki Xitoy vaksinasini xarid qilish masalasi muhokama qilinmoqda

Ozbekistonda Rossiya yoki Xitoy vaksinasini xarid qilish masalasi muhokama qilinmoqda


Ozbekistonda koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini xarid qilish masalasi organilayotgani malum boldi. Bu haqda Ozbekiston sogliqni saqlash vazirining birinchi orinbosari Sanitar-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev Kommersantga bergan intervyusida aytib otgan.

Yusupaliyev Kommersant muxbirining 5-sentabrdan boshlab Ozbekistonda bir qator cheklovlar bekor qilinayotgani, masjidlar jamoaviy namozlar uchun ochilgani, restoranlar faoliyatini qayta boshlaganini qayd etib, Rossiya bilan aviaqatnovlar qachon tiklanishi xususida bergan savoliga javob qaytargan.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga kora epidemiologlar fikrini inobatga olib aviaqatnovlarni qayta tiklash va fuqarolarning mamlakatga kirishi yoki undan chiqishi yuzasidan tartibni ishlab chiqilmoqda.

Mamlakat hududiga kirish-chiqish masalalariga kelsak, dastlab qatiy karantin cheklovlari ornatilib, xorij davlatlarining fuqarolari karantin hududlariga yuborildi. Ayni vaqtda mazkur choralar yumshatilgan, karantinni mehmonxona yoki uyda otkazish mumkin. Biz xorijdan kelganlarni 14 kun davomida kuzatamiz va kasallik alomatlari kuzatilmasa, ular respublika hududida erkin harakatlanishi mumkin.

Shuningdek, ishlab chiqilgan tartib asosida xorijda PZR-tekshiruvi asosida kam kasallanish holatlari kuzatilayotganini aniqlab, malumotlar haqqoniyligini tekshiramiz. Shunga kora tahlillar asosida aviaqatnovlarni qayta boshlash boyicha qaror chiqariladi. Bu tobora tezlashayotgan jarayon va, menimcha, buyogiga chegaralar ochilishda davom etadi.

Sentabrda Rossiya bilan aviaqatnovlar qayta tiklanishi mumkin. Lekin 15-martdan qatiy karantin tartibini saqlab, keyin cheklovlarni yumshatib, yangi kasallanish tolqiniga duchor bolganimizni togri tushunish kerak, yakunda karantin 15-avgustgacha chozildi va 5-sentabrdan cheklovlar yana yumshatildi. Barcha mamlakatlardagi kabi maktablarni, maktabgacha talim muassasalarini ochyapmiz. Respublikadagi vaziyatga baho berish uchun vaqt talab qilinadi. Kasallanishlar soni kamaysa, aviaqatnovlar qayta tiklanishi mumkin, degan Bahodir Yusupaliyev.

SSV rasmiysi Ozbekistonning Rossiya yoki Xitoyda yaratilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinani qollashga tayyorgarlik korayotgani yuzasidan ham izoh berdi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi samarali kurash olib borish uchun jamoaviy immunitet shakllantirish yoki aholini vaksinatsiya qilish lozim. Shu sababli, Sogliqni saqlash vazirligi va hukumat tomonidan odamlarni emlash boyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish muhokama qilinmoqda.

Bir qator davlatlar, xususan, Xitoy vaksinaning klinik sinovlari uchinchi bosqichida ishtirok etish boyicha taklif bilan chiqdi. Ayni vaqtda vaksinaning uchinchi klinik sinovlar bosqichida ishtirok etish yoki tayyor holda uni xarid qilish masalalari organilmoqda.

Rossiya vaksinasining xususiyatlarini ham organyapmiz. Rossiya ham vaksinani royxatdan otkazgani va uchinchi klinik sinovlar boshlanganidan xabardormiz.

Aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi oz vaqtida emlashda xavfsiz va samarali vaksinani, zarur preparatlarni xarid qilishga tayyormiz.

Rossiya vaksinasi borasida bir qarorga kelish yuzasidan hukumat hamda ikki davlat mutaxassislari ortasidagi muhokamalar davom etmoqda. Ikki haftadan keyin bu borada bir qaror chiqarilsa kerak. Hukumat vaksinani xarid qilish uchun mablag ajratish masalasini ham organmoqda, degan Ozbekiston hukumati vakili.

Eslatib otamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik royxatdan otish guvohnomasini olgan. Vaksina toliq samaradorlik tadqiqotini otkazish sharti bilanroyxatdan otkazilganva guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Vaksinani yaratish va tadqiq qilish ishlarini moliyalashtiruvchi Rossiyaning togridan togri investitsiyalar jamgarmasi rahbari Kirill Dmitriyev Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yiloktabr oyidanboshlanishini aytgan. Keyinchalik Rossiyada xavf guruhiga kiruvchi kishilarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yilning noyabrdekabr oylarida boshlanishi haqidaxabar berildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-09-2020, 22:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -