» » Millatlar Ligasi. Rossiya 5 ta gol urilgan o‘yinda g‘alabaga erishdi, Uels 94-daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi

Millatlar Ligasi. Rossiya 5 ta gol urilgan o‘yinda g‘alabaga erishdi, Uels 94-daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha UEFA Millatlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan 6-sentabr kungi bir qator o‘yinlar yakunlandi.

Uels terma jamoasi o‘z uyida Bolgariyani qabul qildi. Unda maydon egalari hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtdagi gol evaziga g‘alaba qozondi. Zaxiradan maydonga tushgan 19 yoshli Neko Uilyamsning yagona goli uelsliklarga uch ochko taqdim etdi.

Rayan Giggz shogirdlari ortda qolgan ikki turdagi g‘alaba evaziga olti ochko bilan B Liga 4-guruhida karvonboshilik qilmoqda.

Rossiya terma jamoasi esa Vengriyaga safar qildi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Anton Miranchuk ruslarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 33-daqiqada Magomed Ozdoyev ikkinchi golni urdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Mario Fernandes hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Bunga mezbonlar Roland Shallai va Nemanya Nikolichning kiritgan to‘plari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa Rossiya ochkolarini 6 taga yetkazib olgan holda B Liga 3-guruhi peshqadamiga aylandi.

UEFA Millatlar Ligasi

2-tur bahslari

6-sentabr, yakshanba

Gol: 1:0 – 90+4 Neko Uilyams.

Uels: Hennessi, Ampadu, Loker, Devis, Roberts (Neko Uilyams, 65), Morrell, Bruks (Uilyams, 76), Smit, Jeyms, Beyl, Mur (Robson-Kanu, 61).

Bolgariya: Georgiyev, Nedyalkov, Sisinyo, Dimitrov, Karabelev, Ivanov (Delev, 70), Nedelev (Krastev, 82), Kostadinov, Krayev (Iliyev, 61), Karagaren, Goranov.

Ogohlantirishlar: Kostadinov (43), Smit (60), Uilyams (85).

Gollar: 0:1 – 15 Miranchuk, 0:2 – 33 Ozdoyev, 0:3 – 46 Fernandes, 1:3 – 62 Shallai, 2:3 – 70 Nikolich.

Vengriya: Gulachi, Lang, Salai, Orban, Beshe, Soboslai (Cheri, 82), Nad, Xolender, Shiger (Kalmar, 46), Shallai, Salai (Nikolich, 67).

Rossiya: Shunin, Fernandes, Semyonov, Kudryashov, Jikiya, Ionov (Karavayev, 75), Ozdoyev, Kuzyayev (Jirkov, 57), Zobnin, Miranchuk (Gazinskiy, 67), Dzyuba.

Ogohlantirishlar: Zobnin (25), Shiger (42).

Gol: 0:1 – 31 Olsen.

Gol: 1:0 – 28 Boxar.

Gol: 0:1 – 63 Yensen.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют