» » O‘zbekistonda 6-sentabr kuni 293 kishida koronavirus aniqlandi. 600 nafarga yaqin bemorning ahvoli og‘ir

O‘zbekistonda 6-sentabr kuni 293 kishida koronavirus aniqlandi. 600 nafarga yaqin bemorning ahvoli og‘ir


O‘zbekistonda 5-sentabr soat 23:30 dan 6-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 293 ta holat qayd etildi. Ketma-ket to‘rtinchi kun yangi kasallanish holatlari 300 taga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43663 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 293 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasidan aniqlangan:

Kun davomida 7 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

Toshkent shahrida 177 kishida koronavirus aniqlandi. Sentabrda poytaxtda kasallanganlar soni 993 nafarga ko‘paydi. SSV jadvalidagi 14 ta hududdan 9 tasida epidemiya mavsumida hali buncha bemor aniqlanmagan. Hozirda Toshkentda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 26545 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 60,8 foizi poytaxt hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Toshkent viloyatida 88 kishida COVID-19 aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda kunlik kasallanish holati birinchi marta 90 nafardan kamaydi. Bundan tashqari so‘nggi 43 kun ichida Toshkent viloyatida eng kam kasallik aniqlangan kunlar orasida bu ikkinchi natijadir (23-avgust kuni 61 kishida COVID-19 qayd etilgandi). 6 kun ichida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 585 nafarga ko‘paydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Farg‘ona, Xorazm va Navoiy viloyatlarida epidemiya mavsumi boshidan buyon buncha kasallik aniqlanmagan.

Samarqand viloyatida 10 kishida koronavirus aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda kasallanganlar soni 50 nafarga ko‘paydi. Samarqandda COVID-19 qayd etilganlar soni 1768 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 4 foizi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

Surxondaryo viloyatida 9 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda oxirgi marta kasallikka chalinish holatlari bir hafta oldin — 30-avgust kuni ro‘yxatga olingandi. Surxondaryoda hozirda koronavirusga chalinganlar soni 640 nafarga yetdi. Bu Jizzax (163 bemor) va Xorazm (479) viloyatlaridagi jami kasallanganlar soniga (642) deyarli teng.

Qashqadaryo viloyatida 5 kishida kasallik qayd etildi. Viloyatda oxirgi 19 kunning 16 tasida yangi bemorlar ro‘yxatga olindi. Qashqadaryoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 983 nafarga yetdi. Bu Jizzax (163), Farg‘ona (341) va Xorazm (479) viloyatidagi barcha kasallanish holatlari bilan tengdir.

SSV Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. Ulardan biri haqida “Daryo” Bosh prokuraturaga tayangan holda bir kun avval xabar bergandi. Vazirlik Toshkent viloyati prokuraturasi katta tergovchisi Turg‘un Kamolov 54 yoshida vafot etgani va uning o‘limiga koronavirus asoratlari sabab bo‘lganini 6-sentabr kuni tasdiqladi.

Birinchi o‘lim. Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli S.A. ismli erkak vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli A.A. ismli ayol vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Yakkasaroy tumanida yashagan 82 yoshli I.M. ismli ayol vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Yunusobod tumanida yashagan 68 yoshli A.R. ismli erkak vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 348 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 359 nafarni tashkil etmoqda.

SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2038 nafar bemordan 375 nafari og‘ir, 219 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

6-sentabr kuni O‘zbekistonning 6 ta hududida 397 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Sentabrning to‘rt kunida kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi yangi kasallanish holatlaridan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, qolgan ikki kunida past bo‘ldi.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 43 663 nafar bemordan 41 277 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda. Bir kun avval ham davolanish ko‘rsatkichi 94 foiz bo‘lgandi. Bu eng yuqori natija hisoblanadi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют