» » SSV vakili: Koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlardan xotirjamlikka berilmaslik kerak

SSV vakili: Koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlardan xotirjamlikka berilmaslik kerak


Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh boshqarmasi boshlig‘i Farruh Sharipov O‘zbekistonda 5-6 kun davomida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayish ko‘rsatkichining yaxshilangani tufayli xotirjamlikka berilmaslik lozimligini qayd etdi. Vazirlik vakilining aytishicha, oxirgi bir hafta davomida tez yordam xizmatiga qilinayotgan kunlik murojaatlar soni 29,3 mingdan 34,2 mingtagacha oshib ketgan, deb yozmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot xizmati.

“So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning sog‘ayish ko‘rsatkichlari oshib bormoqda. Jumladan, 2020-yil avgust oyining 2- va 3-o‘nkunligida vaziyat tahlil qilinganda, kasallik qayd qilinishi va davolanishda, bir muncha ijobiy ko‘rsatkichlarga erishilganini ko‘rish mumkin.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi so‘nggi 25 kun ichida 73 foizdan 94 foizgacha o‘sib, qariyb 18 ming nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgan”, – deyiladi xabarda.

“Ushbu ijobiy ko‘rsatkichlardan xotirjamlikka berilmaslik kerak. Tahlil etadigan bo‘lsak, oxirgi 5-6 kundagi statistikaga ko‘ra, 26-avgustdan boshlab tez yordam xizmatiga murojaatlar soni 29,3 mingdan 34,2 minggacha oshgan. Ushbu murojaatlarning o‘tkir respirator bilan bog‘liq chaqiruvlarning soni 2,2 mingdan 3,0 mingtagacha oshdi. Tana harorati oshgani sabab chaqiruvlar esa 2,5 mingdan 3,5 mingtagacha ko‘paygan.

Shu bilan birga, ambulator-poliklinika muassasalariga arterial bosimning ko‘tarilishi, ortiqcha vazn, qandli diabet kabi xastaliklar bilan murojaatlar ko‘paygan. Pnevmoniya belgilari sabab qilingan murojaatlar soni 244 nafardan 305 nafargacha oshganligi hammani yana bir bor ogoh, hushyor bo‘lishini, shuningdek, karantin talablariga qat’iy amal qilishni taqozo qiladi”, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Farruh Sharipov.

Eslatib o‘tamiz,  5-sentabrda O‘zbekistonda 295 kishida koronavirus aniqlangan hamda davolanish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilangandi. Ketma-ket uchinchi kun davomida yangi kasallanish holatlari soni 300 taga yetmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют