» » Koronavirus sabab bekor qilingan Chexiya — Shotlandiya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Chexlar tarkibga 24 yangi futbolchini jalb qildi, ulardan 22 nafari debyutant

Koronavirus sabab bekor qilingan Chexiya — Shotlandiya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Chexlar tarkibga 24 yangi futbolchini jalb qildi, ulardan 22 nafari debyutant


Chexiya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasida Shotlandiyaga qarshi kechadigan o‘yinga yangi tarkib yig‘di. Chexiya futbol federatsiyasining xabariga ko‘ra, mazkur uchrashuv o‘z vaqtida o‘tkaziladi.

Avvalroq Chexiya futbol federatsiyasi mamlakatda yuzaga kelgan koronavirusning yangi to‘lqini sabab barcha futbolchilarga javob berib yuborgani xabar qilingandi. Shu sabab federatsiya butkul boshqa tarkibni yig‘ishga majbur bo‘ldi.

Tarkibga chaqirilgan 24 futbolchidan 22 nafari debyutant hisoblanadi. Avvalroq faqat 36 yoshli himoyachi Roman Gubnik va 30 yoshli Stanislav Tetsl terma jamoada to‘p surgan. Gubnik so‘nggi bor to‘rt yil avval terma jamoadan chaqiruv olgan bo‘lsa, Tetsl 2018-yildan beri jalb qilinmayotgan edi. Tarkibga chaqirilgan 17 yoshli yarim himoyachi Adam Karabek Chexiya terma jamoasining eng yosh debyutantiga aylanishi mumkin.

Chexiya va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 7-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, UEFA koronavirus pandemiyasi davrida o‘yinlarni o‘tkazish borasida o‘z reglamentini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, har bir mezbon terma jamoa o‘yinni o‘tkazish vazifasini o‘z bo‘yniga olishi belgilangan. Chexiya ushbu o‘yinni qoldiradigan bo‘lsa, bu katta ehtimol bilan texnik mag‘lubiyatga olib borardi. Sababi tig‘iz taqvim sabab uchrashuvni qoldirish juda qiyin masala edi. O‘yin bekor bo‘ladigan bo‘lsa, mezbon jamoaga texnik mag‘lubiyat yozilishi, bu ikki marta qaytarilsa jamoa musobaqadan chetlatilishi belgilangandi.

Guruh bosqichining birinchi uchrashuvida Chexiya terma jamoasi Slovakiyani mag‘lub etgan bo‘lsa (3:1), Shotlandiya Isroil bilan murosa yo‘lini tanlagan (1:1).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют