» » Ansu Fati Ispaniya terma jamoasi tarixiga kirdi

Ansu Fati Ispaniya terma jamoasi tarixiga kirdi


“Barselona” hujumchisi Ansumane Fati Millatlar Ligasi 2-turi doirasida Ukrainaga qarshi kechgan bahsda Ispaniya terma jamoasi safidagi debyut golini urdi.

O‘yin kuni 17 yosh-u 311 kunlik bo‘lgan Fati Ispaniya terma jamoasi safida gol urgan tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi.

Shuningdek, Ansu Millatlar Ligasi musobaqasi tarixida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga bo‘ldi.

Mazkur bahsda Ispaniya terma jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Himoyachi Serxio Ramos dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir yosh futbolchi Ferran Torres ham terma jamoa safidagi debyut golini urdi.

Ortda qolgan mavsumda Fati “Barselona” safida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 8 gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.

Mavzuga doir: Ansu Fati Ispaniya terma jamoasining so‘nggi 84 yildagi eng yosh o‘yinchisiga aylandi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют