» » Qashqadaryoda prokuror ikki tomonlama pnevmoniyadan vafot etdi

Qashqadaryoda prokuror ikki tomonlama pnevmoniyadan vafot etdi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Qamoqqa olinganlarni saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etishi ustidan nazorat bo‘yicha Qarshi prokurori Abdullayev Dehqonboy Ubaydullayevich ikki tomonlama interstitsial pnevmoniya oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga xabar qildi.

Abdullayev Dehqonboy Ubaydullayevich, 1974-yil 19-noyabrda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. U 1998-yildan buyon prokuratura organlarida xizmat qilib kelayotgan edi.

Abdullayev Dehqonboy 2019-yildan buyon Qamoqqa olinganlarni saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etishi ustidan nazorat bo‘yicha Qarshi prokurori lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq Toshkent viloyati prokuraturasi katta tergovchisi Turg‘un Kamolov koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют