» » O‘zbekistonda 6 oylik tanaffusdan so‘ng 329 ta maktab o‘z faoliyatini qayta boshladi

O‘zbekistonda 6 oylik tanaffusdan so‘ng 329 ta maktab o‘z faoliyatini qayta boshladi


O‘zbekistonda 7-sentabr kuni 6 oy deganda 329 ta maktab o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi, deya xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi.

O‘zbekistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so‘ng, 16-martdan boshlab, an’anaviy ta’lim jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatilib, bolalar uy sharoitida onlayn tahsil olishni boshlagan edi.

Qayd etilishicha, sanitariya xizmati markazlari 5-sentabrga qadar maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorlik holatini o‘rganib, jamoaga qo‘shimcha o‘quv-treninglar o‘tkazdi, bunday treninglar hozirgi kunda ham davom etmoqda.

Maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazining xulosasi asosida mahalliy xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Yangi 2020/2021-o‘quv yili rasman 2020-yilning 14-sentabridan boshlanadi.

Qayd etilishicha, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada 5 million 500 ming nafar ota-ona 76 foizi ta’lim jarayonini maktabga qatnagan holda, ya’ni an’anaviy shaklda olib borish tarafdori bo‘lgan, 24 foizi esa masofaviy shaklda – teledarslar orqali davom ettirishni ma’qul ko‘rgan.

Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi masofadan o‘qitiladigan bolalarning ota-onalariga tavsiyalar bilan chiqqan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 12:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют